«talon-taroj» tegli maqolalar


Qashqadaryoda 162 mln so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 fevral 2023, 18:19

Qashqadaryoda 162 mln so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shahrisabzda hokim yordamchisi o‘zi ta’sischiligidagi MCHJga 162 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan JKning 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bolalar bog‘chasi mudirasi deyarli 1 mlrd so‘mni talon-taroj qilgan
10 may 2021, 11:35

Bolalar bog‘chasi mudirasi deyarli 1 mlrd so‘mni talon-taroj qilgan

Zangiota tumanida bolalar bog‘chasi mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, soxta ma’lumotlar kiritish orqali 983,5 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

Asakada bank xodimlari 158 fuqaroning pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qildi
3 may 2021, 11:48

Asakada bank xodimlari 158 fuqaroning pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qildi

Asaka tumanidagi «Xalq banki» filiali xodimlari 158 nafar fuqaroning jami 90,3 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan. Bundan tashqari, bank filiali sobiq rahbari va boshqalar kredit mablag‘ini to‘liq so‘ndirish uchun to‘langan 58 mln so‘mni bankka kirim qilmasdan o‘zlashtirganligi aniqlangan.

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida
23 aprel 2021, 13:41

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.

Madaniyat vazirligi musiqa asboblarini bozor narxidan deyarli 800 mln so‘m qimmatroqqa sotib olgan
13 aprel 2021, 10:50

Madaniyat vazirligi musiqa asboblarini bozor narxidan deyarli 800 mln so‘m qimmatroqqa sotib olgan

Madaniyat vazirligi mansabdorlari tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida, musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«Byudjet mablag‘lari talon-taroj qilinsa, prokurorlar ham javobgar bo‘ladi» — prezident
25 mart 2021, 15:22

«Byudjet mablag‘lari talon-taroj qilinsa, prokurorlar ham javobgar bo‘ladi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev byudjet mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishini prokuratura tizimi nazorat qilib borishini ma’lum qildi. 2020 yilda «manzilli dastur"larga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘larining 8 foizi talon-taroj qilingan. «Nimaga biz peshona terimiz bilan topayotganimizni ular talon-taroj qilayapti?», — dedi prezident.

Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
25 fevral 2021, 11:28

Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumanidagi 18 ta bankomatdan 7 oy davomida jami 2,3 mlrd so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Maktab ta’miriga ajratilgan pullardan 631 mln so‘mni talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
1 fevral 2021, 12:33

Maktab ta’miriga ajratilgan pullardan 631 mln so‘mni talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida o‘rta ta’lim maktabining qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan pullar MCHJ rahbarlari tomonidan talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida yana bir jamiyat rahbarlari tomonidan 240,5 mln so‘m talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Bojxona posti boshlig‘ining uyidan 310 ming dollardan ortiq mablag‘ topildi
7 noyabr 2020, 13:42

Bojxona posti boshlig‘ining uyidan 310 ming dollardan ortiq mablag‘ topildi

Bosh prokuror «Ark Buloq» bojxona postining sobiq rahbari hibsga olinganini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, mansabdorning uyida tintuv o‘tkazilganda, 311 ming dollar naqd pul topilgan. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanib, u «Tashkent City» da ikkita uy va noturar joy, Captiva sotib olib, uy qurgan.

Bosh prokuror: 2 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi
7 noyabr 2020, 13:18

Bosh prokuror: 2 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi

Xalq banki va Mikrokreditbank boshqaruvining sobiq raisi bir qator korrupsiya jinoyatlarida, shu jumladan AQSHda yashirinayotgan shaxs bilan til biriktirishda ayblanmoqda. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil ichida turli banklarning 166 mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilgan.

SHHT sammitiga tayyorgarlik ishlarida 7,4 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingan
28 avgust 2020, 11:46

SHHT sammitiga tayyorgarlik ishlarida 7,4 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingan

Samarqandda 2022 yilda o‘tkazilishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) sammitiga tayyorgarlik ishlarida jami 7,4 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingani va noto‘g‘ri sarflangani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan 5 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryoda bank boshqaruvchisi tadbirkorlarning 520 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi
12 avgust 2020, 12:29

Sirdaryoda bank boshqaruvchisi tadbirkorlarning 520 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi

«Agrobank» Sirdaryo viloyati Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi 3 nafar tadbirkorning xabardorligisiz ular nomiga 520 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zi ishlatib yuborgani fosh etildi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari 1 mlrd 750 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-taroj qilishgan
7 avgust 2020, 12:44

Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari 1 mlrd 750 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-taroj qilishgan

Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining 1 mlrd 750 mln so‘mdan ziyod mablag‘i talon-taroj qilingan, deya ma’lum qildi senat raisi Tanzila Norbayeva. U shuningdek «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi qonun ishlamayotganiga e’tibor qaratdi.

Bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan
7 avgust 2020, 11:45

Bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura Namangan viloyatida bog‘chani ta’mirlash jarayonida haqiqatda bajarilmagan 173,2 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

Ishsizlarga ajratilishi lozim bo‘lgan 36,2 mln so‘m talon-taroj qilindi
7 avgust 2020, 10:53

Ishsizlarga ajratilishi lozim bo‘lgan 36,2 mln so‘m talon-taroj qilindi

Chilonzor tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori til biriktirib, ishsizlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 36,2 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan jinoyat ishini ko‘zg‘atdi.

Sergelida umumxalq xayriya hashari mablag‘lari talon-taroj qilindi
7 iyul 2020, 18:18

Sergelida umumxalq xayriya hashari mablag‘lari talon-taroj qilindi

“Mahalla” jamg‘armasining Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan 95,8 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi. Ularga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting