Toshkent viloyatida bolalar bog‘chasi mudirasi deyarli 1 mlrd so‘mni talon-taroj qilgan, deya xabar berdi Toshkent viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.

Zangiota tumanida joylashgan 16-sonli MTT mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, tabellarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 983,5 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2,6,10,12-sonli MTTlar mansabdor shaxslari tomonidan o‘zlariga ishonib topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilingan

Xabar berilishicha, ta’lim muassasalari rahbarlarining byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishi holatlari yuzasidan 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.