O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev idoralararo yig‘ilishda so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarda qatnashgan turli banklarning 166 nafar mansabdor shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilganini ta’kidladi.

Xususan, Xalk banki va Mikrokreditbank boshqaruvining sobiq raisi E. (Murodilla Eshmatov) o‘z lavozimidan foydalanib, bir qator korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, u ilgari bir qator jinoyatlarni sodir etgan va AQSHda yashirinib yurgan X. bilan jinoiy til biriktirgan, Sirdaryo viloyatida 4 ta soxta kompaniya tashkil qilgan. Ular ushbu firmalarni boshqarish uchun 18 kishidan iborat uyushgan guruhni tuzishgan.

Uyushgan guruh 2019 yilning to‘qqiz oyida 732 mlrd so‘m miqdoridagi pulni naqlashtirib, shu bilan 7 mlrd so‘mni o‘zlashtirishdi. Bundan tashqari, 215 mlrd so‘m moliyaviy yordam shaklida turli xil plastik kartalarga o‘tkazildi, 22,5 mln dollar naqd qilinib, chet elga chiqarilgan, dedi bosh prokuror.

Uyushgan guruh boshchiligidagi firmalar ham 101 mlrd so‘m miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashgan.

Bundan tashqari, E. Xalq banki boshqaruvi raisi etib tayinlangandan so‘ng, bank binosini qurayotgan pudratchilarni tanish pudratchilarga almashtirdi va ob’ektni qurish paytida 5,5 mlrd so‘mlik bank mablag‘larini talon-taroj qildi.

E. Mikrokreditbank rahbari etib tayinlanganda, uning ofisini mebel bilan jihozlash uchun aslida 100 mln so‘m sarf qilingan, lekin firmalar orqali 273 mln so‘m to‘lagan. Bankning Sirdaryo filiali uchun bino 4 mlrd so‘mga sotib olindi, ammo ob’ekt 700 mln so‘mga tushgan edi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev hozirda banklarning sobiq rahbari va uning sheriklari hibsga olinganligi va sud jarayoni davom etayotgani aytdi.

Murodilla Yokubovich Eshmatov 2019 yil aprel oyi boshida Xalk banki boshqaruv raisi, 2019 yil oktyabrda Mikrokreditbank rahbari etib tayinlandi. Avvalroq, 2016 yildan beri u Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 1991 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 1995 yildan 2005 yilgacha O‘zbekiston Markaziy banki tizimida turli lavozimlarda ishlagan, va 2005 yildan 2016 yilgacha Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.