«senat yalpi majlisi» tegli maqolalar


31 iyul 2021, 15:07

Senat majburiy profilaktik emlashlar to‘g‘risidagi o‘zgartishni ma’qulladi

Senatorlar aholining ayrim toifalarini majburiy profilaktik emlashni qonuniylashtirish hamda ish beruvchiga profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ishchini ishga qo‘ymaslik huquqini berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishni ma’qulladilar.

27 iyul 2021, 01:12

Senatning 17 yalpi majlisi 30 iyul kuni chaqiriladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash hamda Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga qo‘shilish haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 2021 Davlat dasturining yarim yillik ijrosi, IIVning huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining moratoriyga amal qilinmaslik holatlari bo‘yicha axborotlari tinglanadi.

25 iyun 2021, 11:54

Oliy Majlis Senatida yangi qo‘mita tashkil etildi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Majlisda senator Farxod Boqiyevni mazkur Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi.

22 iyun 2021, 08:45

Senatning 16-yalpi majlisi 25 iyun kuni chaqiriladi

Senat 16-yalpi majlisda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi, davlat tili to‘g‘risidagi va boshqa qator qonunlarni ko‘rib chiqib, Toshkent viloyatining tuman va shaharlari chegaralarini o‘zgartirish masalasini muhokama qiladi.

30 may 2021, 23:44

Senat qurol-yarog‘ muomalasi sohasida yangi javobgarlik choralarini rad etdi

Senatorlar qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq yangi javobgarlik choralarini ko‘zda tutgan qonunni rad etdilar. Bu hal qilish zarur bo‘lgan tizimli muammolar mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular hal qilinganidan keyin javobgarlik choralari o‘rnatilishi lozim, deya ma’lum qildi senator Farhod Boqiyev. U “turli salbiy oqibatlar"ga olib kelishi mumkin bo‘lgan qator omillarni sanar ekan, Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmani misol qilib keltirdi.

29 may 2021, 18:13

Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi. Shu bilan O‘zbekiston nogironlar uchun infratuzilmalarni takomillashtirish hamda ularning huquqlarini kafolatlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmoqda.

28 may 2021, 17:21

Cyenat 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini qabul qildi

Cyenatning 15 yalpi majlisida O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi. Hujjat Pekin Deklaratsiyasi, Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishga ko‘maklashadi. Senatorlar strategiya xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berishiga ishontirmoqda.

28 may 2021, 12:11

Ikki yilda 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyili asosida tugatilgan

Senatning 15-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva qarzdor korxona va tashkilotlardan qarzni undirishning o‘rniga, mukofot puli uchun ularni bankrot deb e’lon qilishga intilayotgan sud boshqaruvchilarini tanqid qildi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa mazkur tartib o‘tgan chorakdan to‘xtatilgani va qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ushbu tartib, prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan belgilab berilgandi.

29 aprel 2021, 09:35

Pullar xalqqa borishi kerak, amaldorlarning cho‘ntagiga emas — Tanzila Norboyeva

«Byudjet puli, bu — xalqning puli. Bu xalqqa borishi kerak, qandaydir amaldorlarning cho‘ntagiga borishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar shunday bo‘layotgan bo‘lsa, ularga ayovsiz qonuniy chora ko‘rishni ta’minlashimiz kerak», — dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva

12 mart 2021, 14:33

2020-yilda IIV xodimlari 134 ta jinoyat sodir etgan, shundan 27 tasi o‘lim bilan bog‘liq

Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri hisobot berdi. Po‘lat Bobojonovning aytishicha, 2020-yilda ichki ishlar xodimlari 134 ta jinoyat sodir etgan. Shundan 27 tasi o‘lim bilan bog‘liq. Huquqbuzar qonun himoyachilariga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar belgilanayotgani aytildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting