13 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 27-yalpi majlisida Oliy sud raisi lavozimiga nomzodni saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur lavozimda ishlagan Kozimjon Komilovning vakolat muddati joriy yilning 27 may kuni tugagandi.

Senatorlar prezident taqdimnomasiga ko‘ra, mazkur lavozimga Kozimjon Komilovni 5 yil muddatga saylash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

U yalpi majlisdagi nutqi davomida viloyat va tumanlar sudlarining faoliyati «qizil», «sariq» va «yashil» toifalar bo‘yicha baholanishini ma’lum qildi.

U mazkur lavozimga 2017 yilda tayinlangandi. Unga qadar esa Oliy xo‘jalik sudiga raislik qilgan. 2017 yilga qadar Oliy sud raisi lavozimida Shoyunus G‘oziyev faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 1 iyundan O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud jarayonlari sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etiladi.