Buxoro viloyatida qurilish inspeksiyasi boshlig‘i tug‘ilgan kunida kursdoshlarini bazm uchun o‘z ofisiga chaqirgani ortidan lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. Tug‘ilgan kunni, xususan, spirtli ichimliklar bilan nishonlash taklif qilingan.
Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi. U qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida tashkil etilmoqda.
Jizzaxda 2500 talabaga mo‘ljallangan institut binosi qurilishida ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi va quyilgan poydevor demontaj qilindi.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilib, yomg‘ir suvlari bino poydevorining biroz cho‘kishiga sabab bo‘ldi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, yoriqlar ta’mirlangan. Pudratchiga bahorgi ta’tilda binoni qayta to‘liq ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2017 yilda qurilgan ko‘p qavatli uyda yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video tarqaldi. Tuman hokimligi va Qurilish vazirligi mazkur uy seysmik zonada qurilish o‘tkazish talablariga javob bermasligini, quruvchi tashkilot rahbari esa qamalganini ma’lum qildi.
Qurilish vazirligi uylarning zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat berishi haqida ma’lumot berdi. Ishlarning sifatiga kafolat berish va ular lozim darajada bajarilmagan taqdirda, javobgar etib pudratchi belgilangan.
Buxoro viloyati hokimligi ko‘hna shahar markazida qurilishi rejalashtirilgan «Turizm markazi» uchun «boshqa maqbul yer maydonlari tanlanishi»ni ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, markaz qurilishini to‘xtatish haqida prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriq bergan.
Senat raisi Tanzila Narbayeva Shaffof qurilish platformasidagi kamchiliklarni tanqid qildi. «Qanday qilib bitta firma 15 tadan, 20 tadan obyektni yutib olishi mumkin?», — deya savol berdi u. Qurilish vaziri o‘rinbosari esa pudratchilarga obyekt olish bo‘yicha limit o‘rnatmoqchiligini ma’lum qildi.
Prezident loyihalash va qurilish sohasida yangi tizimni e’lon qildi. Hududlarning bosh va master rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika kengashi tuzilmoqda. Ular 3 bosqichda tashkil qilinadi. Bosh arxitektor lavozimi joriy etildi, shaharsozlik qoidalaridan 147 ta norma va boshqalar chiqarib tashlanmoqda.
Energiya samarador uy — bu qanday uy? Juda kam miqdorda energiya iste’mol qiladigan, o‘z iste’moli uchun energiyani o‘zi ishlab chiqaradigan, issiq suv bilan ta’minlangan va issiqlikni yo‘qotmaslik xususiyatiga ega bo‘lgan qishloq yoki shahar turar-joy binosini tasavvur qiling. O‘zbekistonda ilk bor ana shunday namunaviy uy BMTTD va GEF mablag‘lari hisobidan Nurafshonda qurib bitkazildi.
Shukrullo Jahongirov qurilish vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Toshkent shahar hokimligida mutaxassis, Mimar Group kompaniyasida bosh arxitektor bo‘lib ishlagan.
Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan O‘ktam To‘rayev qurilish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
«Navro‘z» qabullar uyi buzilishi boshlanganidan ikki kun o‘tib Qurilish vazirligi bino poydevori 27 smga cho‘kkanini ma’lum qildi. Majmua avariya holatida bo‘lgani sababli uni rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.
Qurilish vazirligi Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda qurilayotgan binolar haqida ma’lum qildi. Qurilayotgan binolarda hududiy inspeksiyani xabardor qilmaslik, texnik ijro hujjatlari yuritilmaganligi holatlari aniqlangan.
Qurilish vazirligi Qashqadaryo viloyatida noqonuniy ravishda qurilayotgan binolar haqida ma’lum qildi. Qurilayotgan binolarda, asosan, hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlash va texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi holatlari kuzatilgan.
Qurilish vazirligi Toshkent viloyatida turar-joy binolari, savdo majmuasi va bojxona terminalini noqonuniy qurayotgan kompaniyalar to‘g‘risida xabar berdi. Barcha ishlar bo‘yicha materiallar sudga yuborilganiga va ishlab chiquvchilar ma’muriy javobgarlikka tortilganiga qaramay, qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
Qurilish vazirligi Toshkent shahrida ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi bo‘lmasdan va qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organni xabardor qilmasdan qurilishi davom etayotgan binolar haqida ma’lum qildi.
Andijon viloyatida 7 qavatli uy qurishga ruxsat olgan tadbirkor yana bir qavat qurib olgani aniqlandi. Noqonuniy qurilish tadbirkor hisobidan buzilmoqda. Bundan tashqari, qurilishdagi texnik nazoratchining qurilish bo‘yicha ma’lumot va tajribasi yo‘qligi, savdo yo‘nalishida faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi.
Prezident qarori bilan «Gold Step Invest» MCHJ direktori o‘rinbosari Davronjon Adilov qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting