Qurilish vazirligi Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda qurilayotgan oltita bino haqida ma’lum qildi.

1. Zarafshon shahar 14-mikrorayonida «Sifat Qurilish Zarafshon» MCHJ tomonidan shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy ob’ektida noqonuniy ravishda kurilish-montaj ishlari boshlangan.

Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakilni xabardor etgan holda qiska muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra qurilish ob’ekti vaqtinchalik yopiq to‘siq bilan o‘ralmaganligi hamda texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus ishlar, beton, payvand, texnika xavfsizligi jurnallari yuritilmaganligi aniqlandi.

Qisqa muddatli tekshiruv natijasiga ko‘ra jamiyat mansabdoriga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning 99-moddasi 7 qismi (ob’ektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlari, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish) bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

2. Zarafshon shahar 14-mikrorayonidagi «ZARAFSHON BINOINSHOOT QURILISH» MCHJ tomonidan shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy ob’ektida qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan inspektorlik tekshiruvi natijasiga ko‘ra, mansabdor shaxsga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etilgan.

3. Zarafshon shahar 13-mikrorayonidagi «ZARAFSHON GOLDEN GROUP» MCHJ tomonidan ham shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy ob’ektida qurilish-montaj ishlarini boshlashgan.

Ushbu holat yuzasidan hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakilni xabardor etgan holda qiska muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul fuqaroga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar yig‘ilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

4. Zarafshon shahar 19-mikrorayonida «Hakimzoda» MCHJ tomonidan shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra ob’ekt to‘liq rasmiylashtirilmagani, poydevor, zamin, tuproq ishlari bo‘yicha geologik xulosalari yo‘qligi, QTEL va IICHL (POS va PPR) tashkil etilmagani hamda qurilish ob’ekti vaqtinchalik yopiq to‘siq bilan to‘liq o‘ralmagani ma’lum bo‘ldi. Shu bois «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etilgan.

5. «Mirsaid Bahrom» MFY hududida «Osyo Yugra» xususiy korxonasi tomonidan shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy ob’ektida noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi, Karmana tumani hokimligi, tuman IIB, tuman prokuraturasi hamda «Osyo Yugra» xususiy korxona rahbari nomiga o‘rnatilgan tartibda qurilish ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi xatlar yuborilgan. Natijada buyurtmachi tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi xabarnoma inspeksiyaga kelgan. Jumladan, ro‘yxatdan o‘tgan qurilish ob’ektida inspeksiya tomonidan nazorat ishlari olib borilib, qurilgan qismi uchun instrumental texnik xulosa olish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron yozma ko‘rsatma berilgan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, ob’ektda majburiy yuritilishi lozim bo‘lgan texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus ishlar, beton, payvand, texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi aniqlandi. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi xabarnomani yubormasdan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun mas’ul shaxsga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksining 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami yig‘ilib, Karmana tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

6. Navoiy shahar 17-mikrorayonidagi «Laylo ulgurji savdo» MCHJ tomonidan ham shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ob’ektda qurilish-montaj ishlari boshlangan.

Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, ob’ekt to‘liq rasmiylashtirilmaganligi, poydevor zamin tuproq ishlari bo‘yicha geologik xulosalar taqdim etilmaganligi, QTEL va IICHL (POS va PPR) tashkil etilmaganligi aniqlangan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra mansabdor shaxsga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksining 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Navoiy shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etilgan.