14 yanvar kuni prezident qarori bilan Adilov Davronjon Kabildjanovich Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bundan oldin Davronjon Adilov Yunusobod tumanidagi «Gold Step Invest» MCHJ direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Oldinroq qurilishi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri etib tayinlanishi ma’lum qilingan edi.

Gold Step Invest Sirdaryo viloyatidagi «Do‘stlik» mahallasida 37 ta ko‘p qavatli uy qurishi aytilgandi.

«Kompaniya ko‘plab uylar qurgan. Ulardan biri Qorasuv massivida (Toshkentda) Milliy Gvardiya harbiy xizmatchilari uchun. Toshkentda qurilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi IT-maktab sifatini ham bilasizlar», — degan edi Sherzod Xidoyatov o‘shanda.

Kompaniya tomonidan Toshkentdagi yangi ippodromning qurilishi, Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining qayta ta’mirlanishi, Humson Buloq sog‘lomlashtirish markazining qurilishi, Shedevr, «Yangi asr», «Megapolis» turar joylari, sog‘liqni saqlash inshootlari — Buxorodagi 300 o‘rinli perinatal markaz, Respublika pediatriya markazi, Respublika bolalar onkologiyasi bo‘limi hamda sanoat inshootlari — Arktika Botlers zavodi, Marvin Brands (zavod Dena) va boshqa binolar qurilishi amalga oshirilgan.