Qurilish vazirligi Qashqadaryo viloyatida noqonuniy ravishda qurilayotgan beshta bino haqida ma’lum qildi. Xabar berilishicha, ushbu holatlar vazirlik hamda hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

1. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri «Shurtan» MFY hududidagi «1-son kompleks loyiha qurilish va montaj» xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan «Ko‘p qavatli turar-joy» binosi o‘rganilganda asosan ob’ektda majburiy yuritilishi lozim bo‘lgan ijro hujjatlari yuritilmaganligi, binoda ishlatilgan monolit temir beton konstrkutsiyalarining loyihaviy mustahkamligiga mos kelishi bo‘yicha laboratoriya sinov xulosalari olinmaganligi, shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan.

Ushbu aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha pudratchi tashkilotga 2020 yil 24 dekabrda yozma ko‘rsatma berilib, kamchiliklar bartaraf etilmaganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga topshirilgan.

2. Qarshi shahrining I.Karimov hamda «Tupxona» ko‘chalari chorrahasida «Ulkan inshoot qurilish servis» MCHJ tomonidan qurilayotgan «Mehmonxona» binosida o‘rganish olib borilganda qurilayotgan binoda quyidagi kamchiliklar aniqlangan:

  • ob’ekt qurilishi uchun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlariga ijobiy yig‘ma ekspertiza xulosasi olinmagan;
  • ob’ektni loyihalashtirish uchun ishlab chiqilgan bosh reja hamda fasad ko‘rinishlariga arxitektura va shaharsozlik kengashining bayonnomasi olinmagan;
  • hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlangan.

O‘z navbatida qurilayotgan ob’ektda ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifat hujjatlari mavjud emasligi, temir beton konstruksiyalarida ishlatilgan beton qorishmalarining loyihaviy mustahkamligiga mosligi bo‘yicha laboratoriya sinov xulosalari olinmaganligi aniqlangan.

Mazkur aniqlangan kamchiliklar hududiy inspeksiya tomonidan yozma ko‘rsatmada belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

3. Qarshi shahrining Jayxun ko‘chasi hududida «Nazira» xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari va naves» qurilishi hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan boshlanganligi sababli ob’ektda inspeksiyaning buyrug‘iga asosan qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.

Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi jarayonida ob’ektda:

  • «Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish» qoidasining talabiga zid ravishda qurilish poydevorining tuproq osti zichligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinov xulosalari olinmaganligi,
  • ishlab chiqilgan ishchi loyihada naves qurilishi ishlarida ustunlarga D150 mm.li metall quvurlar,
  • tom yopma ishlarida metall fermalar ko‘rsatilgan bo‘lib, amalda «Zilzilaviy hududlarda qurilish» qoidasi va loyiha talabida zid ravishda ustunlar o‘rniga oldin foydalanilgan yig‘ma temir beton ustunlar va kolonnalar montaj qilinganligi aniqlangan.

Aniqlangan kamchilik va nuqsonlar bo‘yicha pudrat tashkilot «Nazira» xususiy korxonasi rahbari nomiga yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lib, belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, tegishli sud organiga yuborilgan.

4. Qamashi tumanining «Oqguzar» MFY hududida «Zamin metan servis» MCHJ tomonidan qurilayotgan 2 qavatli «Supermarket» binosi qurilishi hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan boshlanganligi sababli ob’ektda inspeksiyaning ishlab chiqarish buyrug‘iga asosan, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.

Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi jarayonida ob’ektda:

  • «Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish» qoidasining talabiga zid ravishda ob’ektda majburiy yuritilishi lozim bo‘lgan texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus ishlar, beton, payvand, texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi,
  • «Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish» qoidasiga asosan bino qurilishida ishlatilgan monolit temir beton konstrkutsiyalarining mustahkamligi loyihaga mosligi bo‘yicha laboratoriya sinov xulosalari olinmagani aniqlangan va bu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.