Jizzaxda Pedagogika institutining yangi binosi poydevori demontaj qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

2500 talabaga mo‘ljallangan bino qurilishi shaharning “Bog‘ishamol” mahallasi hududida olib borilmoqda. Qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiya tomonidan obyektdagi ishlar monitoringi olib borilib, ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlandi.

жиззах, qurilish vazirligi

“obyektda zilzilaviy hududlarda qurilish talablariga rioya qilinmaganligi natijasida poydevor qismida bajarilgan beton ishlari, labarotoriya xulosasiga ko‘ra, loyiha talablariga mos kelmaydi, beton quyish ishlari esa sifatsiz bajarilgan”, — deyiladi xabarda.

Qoidabuzarliklar yuzasidan ma’sul shaxslarga inspeksiya tomonidan yozma ko‘rsatma berilgan hamda sifatsiz bajaraligan beton ishlari joyida demontaj qildirildi.