5-aprel tongida Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lib, uning kuchi Toshkent shahrining bir necha hududlari va Toshkent viloyatida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Qo‘shni respublikadagi silkinish Toshkent vaqti bilan 04:36 da ro‘y berdi. Zilzila koordinatalari: 41,36 gradus shimoliy kenglik; 69,02 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 20 km shimoli-g‘arbda.

Markaz xabariga ko‘ra, zilzila Toshkent viloyatining Zangiota tumani va poytaxtning Uchtepa hamda Olmazor tumanlarida 2 ball ko‘rinishida sezildi. Biroq poytaxtning boshqa tumanlarida yashovchi aholi ham mazkur silkinishni sezganini qayd etdi.