O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston iyul oyida Qozog‘iston hududida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi, deb xabar qildi Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

4-aprel kuni ushbu mamlakatlar mudofaa vazirlari Aqtau shahrida “Birlestik-2024” (“Birlashish-2024”) qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan va tegishli qo‘shma rejani imzolagan.

Keng ko‘lamli mashg‘ulotlarni “Oymasha” poligoni hududlarida, shuningdek, Kaspiy dengizidagi Tokmak burnida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xabarda qayd etilishicha, yig‘ilishda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va bajarish lozim bo‘lgan vazifalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.