«qamchiq dovoni» tegli maqolalar


Qamchiqdagi yirik YTHda 4 kishi halok bo‘ldi
11 sentabr 2022, 09:34

Qamchiqdagi yirik YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi haydovchisi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib ketishi natijasida ularda yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi halok bo‘lgan, 5 dan 7 nafargacha kishi jarohatlangan. FVV yonayotgan avtomobillar tezda o‘chirilganini ma’lum qildi.

Qamchiqdagi avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi
22 avgust 2022, 09:54

Qamchiqdagi avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi

«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida Isuzu yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldida harakatlanib ketayotgan ikkita Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. Natijada haydovchi va yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.

Qamchiq dovonida yoqilg‘i yuk mashinasi va Damas to‘qnashib ketdi, 4 kishi vafot etdi
21 iyul 2022, 11:00

Qamchiq dovonida yoqilg‘i yuk mashinasi va Damas to‘qnashib ketdi, 4 kishi vafot etdi

Kechasi Toshkent-O‘sh yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi va Damas to‘qnashib ketdi. Natijada yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida ikki transport vositasidagi to‘rt kishi vafot etgan. Yong‘in vaqtida ham halok bo‘lganlar bo‘lishi mumkin (yangilandi).

«Qamchiq» dovonida sel sababli qulab tushgan tayanch ustuni qayta tiklandi
7 may 2022, 11:46

«Qamchiq» dovonida sel sababli qulab tushgan tayanch ustuni qayta tiklandi

4 may kuni kechasi «Qamchiq» dovonida kuzatilgan sel oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulab tushgan. Tezkor shtab tomonidan elektr tayanch ustuni va yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurildi.

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avariyada Qirg‘iziston fuqarosi vafot etdi
16 aprel 2022, 13:17

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avariyada Qirg‘iziston fuqarosi vafot etdi

Qirg‘izistonlik haydovchi boshqaruvidagi suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi Qamchiq dovonida qatnov qismini ajratib turuvchi to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etdi.

«Qamchiq» dovonida qolib ketganlar uchun poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
12 mart 2022, 17:06

«Qamchiq» dovonida qolib ketganlar uchun poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«Qamchiq» dovoni avtomobil harakati uchun yopilganligi sababli yo‘lda qolib ketgan fuqarolar Ohangaron, Angren va Orzu vokzallaridan yo‘lovchi poyezdlarida manzillariga yetkazib qo‘yiladi. FVV haydovchilardan vaqtincha dovon orqali harakatlanmaslikni so‘ramoqda.

«Qamchiq» dovoni transport harakati uchun vaqtincha yopildi
12 mart 2022, 09:23

«Qamchiq» dovoni transport harakati uchun vaqtincha yopildi

FVV qor ko‘chish xavfi yuzaga kelganligi sababli 12 mart soat 9:00 dan boshlab «Qamchiq» dovoni transport harakati uchun vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.

Qamchiq dovonida avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yo‘lga sochilib ketdi
30 noyabr 2021, 11:48

Qamchiq dovonida avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yo‘lga sochilib ketdi

26 noyabr kuni Qamchiq dovonida yo‘lida harakatlanib ketayotgan yengil avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yo‘lga sochilib ketgan. YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q, baliq chavoqlarining asosiy qismi nobud bo‘lmasdan yig‘ishtirib olingan.

“Qamchiq”da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
1 iyul 2021, 16:39

“Qamchiq"da yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

“Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda
18 dekabr 2020, 11:31

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

19−2 dekabr kunlari Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ib, qalin tuman tushishi va ko‘rish masofasining 50 metrgacha qisqarishi kutilmoqda.

Muzlagan yo‘llar sabab Qamchiq dovonida 13 ta avtomashina YTHga uchradi
14 dekabr 2020, 15:54

Muzlagan yo‘llar sabab Qamchiq dovonida 13 ta avtomashina YTHga uchradi

Qamchiq dovonida muzlagan yo‘llar sababli 13 ta avtotransport vositalari YTHga uchradi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

«Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi
28 noyabr 2020, 09:34

«Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi

Qor ko‘chkisi xavfi bo‘lgani uchun «Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda
11 noyabr 2020, 17:44

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet 12−13 noyabrda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi va tuman tushishi haqida xabar berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting