28 noyabr kuni A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois, «Qamchiq» dovoni avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni qabul qilish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

«Qamchiq» dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shohobchalarida isinish uchun vaqtincha joylashib turishingiz tavsiya etildi.