Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qamchiq» dovoni harakat uchun vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.

Bunga O‘zgidromet tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilingani sabab bo‘lgan.

«Shu sababli bugun, 12 mart kuni soat 9:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining „Qamchiq“ dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi», — deyiladi xabaarda.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlari amalga oshirilayotgani qo‘shimcha qilingan.