19−20 dekabr kunlari A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar qildi.

Shuningdek, hududda qalin tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 17−22 m, shamolning birdan 25−27 m gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi ehtimoli bor.