O‘zgidromet yaqin kunlarda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Xabarga ko‘ra, 12−13 noyabrda A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Shuningdek, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50−100 m gacha pasayishi, shamol tezligi esa sekundiga 18−22 m gacha kuchayishi mumkin. Qor yog‘ishi oqibatida yo‘lda qor uyumlari, yo‘llarning muzlashi holatlari kuzatilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hafta o‘rtasida O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qorga aylanishi kutilayotgani haqida xabar qilgan edik.