«parlament» tegli maqolalar


Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
2 aprel 2024, 16:44

Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Deputatlar Soliq kodeksining “qotil” nomini olgan 227−1-moddasini o‘zgartirish bo‘yicha qonunni qabul qildi. Bu modda yuzasidan jarima chorakdagi sof daromadning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi. Ma’lum bo‘lishicha, modda bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq tadbirkor jarimaga tortilgan va 700 mlrd so‘m jarima solingan.

Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?
18 mart 2024, 14:23

Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?

O‘zbekistonda budjet jarayoni va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Loyiha, jumladan, Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda emas, har yarim yilda axborot berishini nazarda tutadi. Asosiy ma’lumotlar.

Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi
22 fevral 2024, 18:23

Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi

Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda
9 fevral 2024, 15:35

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda
25 sentabr 2023, 13:27

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda

O‘zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.

Prezident daraxtlarni kesganlik uchun yangi jarimalar to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
15 avgust 2023, 10:46

Prezident daraxtlarni kesganlik uchun yangi jarimalar to‘g‘risidagi qonunni rad etdi

O‘zbekiston prezidenti daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha parlament tomonidan qabul qilingan qonunni rad etdi. Hujjat jarimalar miqdori kam bo‘lgani tufayli rad etilgan bo‘lishi mumkin.

Qozog‘iston prezidenti yangi parlamentda nutq so‘zladi
30 mart 2023, 20:55

Qozog‘iston prezidenti yangi parlamentda nutq so‘zladi

“Qozog‘iston — geosiyosiy tevarakda rivojlanishning yangi tendensiyasini belgilovchi bunday chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan yagona davlatdir“, — dedi Qasim-Jomart Tokayev. U hashamatli uy egalari uchun past tariflarni tanqid qildi, yirik va tovar korxonalari uchun soliqlarni oshirishni taklif qildi.

Parlament va prezidentning vakolatlarida qanday o‘zgarish bo‘lmoqda? O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasi
15 mart 2023, 12:06

Parlament va prezidentning vakolatlarida qanday o‘zgarish bo‘lmoqda? O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasi

O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasida parlament va prezident vakolatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bosh vazir nomzodi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvdan so‘ng prezident tomonidan taklif etiladi. Palata va Senat o‘z-o‘zini tarqatib yuborish qarorini qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonning gaz va energiya kompaniyalari parlament oldida hisobdor bo‘lishi kerak — deputat
15 fevral 2023, 21:08

O‘zbekistonning gaz va energiya kompaniyalari parlament oldida hisobdor bo‘lishi kerak — deputat

O‘zbekistondagi konlarga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish ishlariga parlamentning ham mas’ul bo‘lishi — har qanday ehtimoliy ta’sirlarning oldini oladi, deb hisoblaydi Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov. «Gaz va energiya kompaniyalari parlament oldida hisobdor bo‘lishi kerak», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?
21 dekabr 2022, 10:05

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

Prezident 20 dekabrdagi parlamentga murojaatida eng ko‘p «ta’lim» (25 marta), «aholi» (22 marta), «maktab» (23 marta), «xalq», «investitsiya», «tadbirkorlik», «konstitutsiya», «mahalla» va «energetika» so‘zlarini ishlatdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi murojaat tahlilini taqdim etishdi.

O‘zbekistonning 2023 yil uchun davlat budjeti loyihasi hanuz parlamentga kiritilmadi
16 dekabr 2022, 17:52

O‘zbekistonning 2023 yil uchun davlat budjeti loyihasi hanuz parlamentga kiritilmadi

O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjeti 15 dekabrga qadar qabul qilinishi kerak edi, biroq loyiha hanuz jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmadi va parlamentga kiritilmadi. Hukumat ketma-ket to‘rtinchi yil muddatlarni buzmoqda.

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif qilinmoqda
6 iyun 2022, 19:09

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish hamda o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish chorasini belgilash taklif qilinmoqda.

O‘zbekistonda ayollar 27% rahbarlik lavozimlarini egallamoqda — parlamentariy
14 aprel 2022, 13:45

O‘zbekistonda ayollar 27% rahbarlik lavozimlarini egallamoqda — parlamentariy

O‘zbekistonda xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlar orasida esa 25 foizga yetdi. O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning roliga bag‘ishlangan forumda ayollarning siyosatdagi ishtiroki muhokama qilindi.

Go‘sht, baliq, kartoshka, o‘simlik yog‘i uchun QQS imtiyozlari yana 4 oyga uzaytirilishi mumkin
24 dekabr 2021, 12:17

Go‘sht, baliq, kartoshka, o‘simlik yog‘i uchun QQS imtiyozlari yana 4 oyga uzaytirilishi mumkin

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlar, jumladan, o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, go‘sht, tirik hayvonlar, baliq va kartoshka importi va realizatsiyasi uchun QQS berilgan imtiyozlar muddati 2022 yilning 30 apreligacha uzaytirish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Deputatlar muhim masalalar bo‘yicha qanday ovoz bergani ochiqlanishi tavsiya etilmoqda
17 iyun 2021, 16:52

Deputatlar muhim masalalar bo‘yicha qanday ovoz bergani ochiqlanishi tavsiya etilmoqda

Prezident farmoni bilan Qonunchilik palatasida deputatning har bir qonun (qaror) loyihasini qabul qilish yoki rad etishdagi, senatorning har bir qonunni (qarorni) ma’qullash yoki rad etishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanib borishi tavsiya etilmoqda.

«Hozir parlament batamom mustaqil» — Tanzila Narbayeva
26 fevral 2021, 15:06

«Hozir parlament batamom mustaqil» — Tanzila Narbayeva

«Parlament Prezidentning aytganini qiladi degan gap avvalgi vaqt uchun to‘g‘ri kelar edi, avvalgi vaqtdagi dunyoqarash bu» — deydi Senat raisi Tanzila Narbayeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament hozir to‘liq mustaqil va unga hech kim bosim o‘tkazmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting