Prezidentning «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida Oliy Majlis palatalarining veb-saytlarida ochiqlanishi tavsiya etilgan ma’lumotlar belgilab o‘tildi.

Hujjat bilan:

  1. parlament nazorati obyektlarining hisobotlarini eshitish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar;
  2. Qonunchilik palatasida deputatning har bir qonun (qaror) loyihasini qabul qilish yoki rad etishdagi, senatorning har bir qonunni (qarorni) ma’qullash yoki rad etishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  3. Oliy Majlis Senati a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, saylov okruglari hamda ularning elektron pochta manzillari haqidagi ma’lumotlar ochiqlanishi tavsiya qilinmoqda.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur farmonning maqsad va vazifalarini yoritishga oid maqolalar va teleko‘rsatuvlarni tashkil etish belgilandi.

Bundan tashqari, farmon bilan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilishini ta’minlanishi ko‘zda tutilgan:

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno);
  • taraflarning roziligi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, aholi sog‘lig‘ini saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi, shu jumladan, davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar, shuningdek, ayrim oilaviy nizolarga oid fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlislari (yopiq sud majlislari bundan mustasno).

Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan qoida va tartiblarning buzilishi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi sifatida baholanadi.