Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidagi nutqining lingvistik kontent-tahlilini o‘tkazdi.

Murojaatnoma 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Prezident unda 6 502 ta so‘z ishlatdi. Foydalanilgan so‘zlarning eng uzuni 15 harfdan, o‘rtacha bitta so‘z 7 ta harfdan iborat.

Davlat rahbari nutqida eng ko‘p e’tibor qaratgan yo‘nalish — bu «ta’lim», «aholi», «maktab», «xalq», «investitsiya», «tadbirkorlik», «konstitutsiya», «mahalla» va «energetika» bo‘ldi.

иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, мурожаатнома, парламент, президент

Murojaatda «ta’lim» so‘zi 25 marta, «maktab» so‘zi 23 marta, «shaxs» va «xalq» so‘zlari 22 marta, «konstitutsiya» va «investitsiya» so‘zlari 20 marta, «tadbirkor» so‘zi 19 marta va «mahalla» so‘zi 18 marta ishlatilgan.

иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, мурожаатнома, парламент, президент
Iboralarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash

Nutqda asosiy e’tibor ta’lim-tarbiya sohasiga qaratildi, ixcham va samarali davlat boshqaruvini tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, energetika sohasini takomillashtirish va sud-huquq tizimini isloh qilish haqida ko‘p gapirildi. Shuningdek, muhim yo‘nalishlardan biri ta’lim siyosati bo‘ldi.

Oldinroq, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan 2020 yilda qilingan murojaatning lingvistik va kontent tahlili amalga oshirilib, ularni tasviriy ifodalovchi so‘zlar jamlanmasi tuzilgan edi.