O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi kelgusi yilgi davlat budjeti loyihasini parlamentga kiritish muddatlarini ketma-ket to‘rtinchi yil buzmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyevning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, hukumat Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 2023 yil uchun hujjat taqdim etmagan.

budjet kodeksiga ko‘ra, hukumat Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini, qoida tariqasida, 15 oktabrdan kechiktirmay, Hisob palatasining xulosasi bilan Qonunchilik palatasiga kiritadi. budjet xabari, shuningdek, xuddi shu muddatdan kechikmagan holda Senatga taqdim etilishi kerak.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan fiskal strategiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi, shuningdek, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar parlamentga yuborilgunga qadar majburiy tarzda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Shuningdek, parallel ravishda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Fuqarolar uchun budjet» axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun chop etiladi.

Quyi palataning 25 oktabrdagi yig‘ilishida ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasi 2015 yilda hujjatni 13 oktabrda (muddatidan 2 kun oldin) taqdim etgani aytib o‘tildi. Shuningdek, 2016 yilda — 16 oktabrda (bir kun keyin), 2017 yilda — 14 oktabrda (1 kun oldin), 2019 yilda — 9 noyabr kuni, 2020 yilda — 14 noyabrda va 2021 yilda — 13 noyabrda taqdim etgan.

O‘shanda deputatlar qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish va hukumat tomonidan belgilangan muddatlarni buzishga imkon bergan «qoida tariqasida» iborasini olib tashlash uchun ovoz bergandi. Ammo O‘zLiDeP deputati Doniyor G‘aniyev qonun qabul qilingandan keyin amal qiladimi, degan savol bilan yuzlangandi.

«To‘g‘ri, Moliya vazirligi bilan kelishildi deyilyapti. Lekin amaliyotga qaraydigan bo‘lsak, oxirgi uch yilda doim noyabr oyining o‘rtasida kiritilgan, bir oy kechikkan. 2022 yilni oladigan bo‘lsak, hatto davlat budjeti defitsiti [3 foizdan 4 foizga] oshishi haqidagi qonunni ham olti oylik hisobot (yoz)da olib kiramiz deb, aytilgandi, hali kirgani yo‘q (noyabr oyining boshida kiritildi — tahr.). Amaldagi 2022 yilgi budjetga o‘zgartirishlarni kiritishmagandan keyin, qanday qilib [davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun kiritilishini] 15 oktabrgacha ta’minlashadi? Ularning imkoniyati yetadimi? Agar yetmasa, agar biz bu qonunni qabul qilsak, u har yili doimiy ravishda buziladigan bo‘lsa, bunga qarshi qanaqa javobgarlik belgilanadi?» — deb so‘radi u.

budjet 2023, парламент, vazirлар маҳкамаси, deputatlar, дониёр ғаниев

Doniyor G‘aniyev. Foto: Qonunchilik palatasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, budjet kodeksida budjet talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ushbu huquqbuzarlik uchun javob beradigan aniq shaxs yoki organ ko‘rsatilmagan.

«O‘z vaqtida [qonun loyihasi] kiritilmasa, kimga nisbatan javobgarlik belgilanadi? Vazirlar Mahkamasiga nisbatan. Buni kim amalga oshiradi? Tekshirish vazifasi Moliya vazirligi tarkibidagi moliyaviy nazorat zimmasida turibdi. Ertaga Moliya vazirligining o‘zi Vazirlar Mahkamasiga nisbatan javobgarlik qo‘llaydimi?», — deb ta’kidladi.

Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov Hisob palatasida bu borada chora ko‘rish vakolati borligini ta’kidladi.

«To‘g‘risini aytish kerak, haqiqatdan, oxirgi uch yilda budjet loyihasi kech kiritilyapti. Bu yil ham kech qolyapti. Buni sababini to‘g‘ri tushunib turibsizlar, oxirgi yillar budjetda juda ham ko‘p noaniqliklar bo‘lyapti, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar budjetga tegishli o‘zgarishlarni kiritishni talab qilyapti. Hozir budjetga o‘zgartirishlar kiritishga oid qonun palata qo‘mitasida ko‘rib chiqilyapti. Yaqin kunlarda qo‘mita bilan birga u ham kiritiladi», — deb javob berdi vazir o‘rinbosari.

O‘shanda moliya vaziri o‘rinbosari 2023 yilgi Davlat budjeti loyihasi kechikayotganini tasdiqlab, u hozir hukumat doirasida ko‘rib chiqilishini ta’kidlagandi.

Ahadbek Haydarov, shuningdek, kelgusi yil uchun Davlat budjeti loyihasini 15 oktabrga qadar parlamentga kiritilishi uchun barcha choralar ko‘rilishiga ishontirgandi.

budjet 2023, парламент, vazirлар маҳкамаси, deputatlar, дониёр ғаниев

Ahadbek Haydarov. Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».

«Milliy tiklanish» partiyasi deputati Ilhom Abdullayev «budjet nazorati har bir deputatning, hatto u boshqa qo‘mitada bo‘lsa ham, bevosita mas’uliyati ekanligini» eslatib o‘tgandi.

«budjet qo‘mitasi loyihani tayyorlagani sabab — eng ko‘p deputatlar ayni shu qo‘mitada ishlashi, yil davomida ham eng ko‘p qonunlar shu yerda qabul qilinishi — bizni ushbu qonunlar uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi. Men o‘ylaymanki, bugun biz shunday sustkashlikka yo‘l qo‘ygan zaif qonunlarni qabul qildik. Bu mening shaxsiy fikrim» — dedi u.

Parlament a’zosi davlat budjeti loyihasini parlamentga kiritish muddatlari bo‘yicha birinchi o‘qishda qabul qilingan tuzatishlarni «zaif» deb atadi.

«Kimdir o‘ylab ko‘rdimi shu ikki so‘z o‘zgarayotganini? Bizda hozirda „qoida sifatida“ hukumat 15 oktabrgacha budjetni taqdim etishi kerak degan norma bor. Bugun 15 oktabrdan o‘tdi. budjet hali ham taqdim etilmagan. Bu qo‘mita deputatlari esa ["qoida tariqasida"] so‘zlarni olib tashlashni taklif qilmoqda. Nima o‘zgaradi? Masalan, agar qonun buning uchun mas’uliyatni belgilab, javobgarlarni aniq ko‘rsatadigan bo‘lsa, shunday qonunga ovoz beraylik. Ikkita so‘z olib tashlangan qonunda nima o‘zgaradi? Mana shu o‘zgartirishni qabul qilsak kelasi yil 15 oktabrda qo‘lingizda budjet loyihasi bo‘ladi, deb o‘ylayapsizmi?» — dedi u.

Deputat hamkasblarini barcha qonunlarga «mas’uliyatliroq va e’tiborliroq» bo‘lishga chaqirdi.

XDPning budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov «Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi kelib tushganidan keyin Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish va uni Senatga jo‘natish uchun bir oy muddat berilganini ta’kidladi.

«Bir oy ichida qonun qabul qilinish va qaytarilishi ham mumkin. Agar qaytariladigan bo‘lsa, bizdan ko‘rib chiqish uchun yana 14 kun vaqt olib qo‘yiladi. Qonun noyabr oyining o‘rtasida kechikib kelganidan keyin biz uni konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqib, birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘qishlarda qabul qilishga majburmiz. Qo‘mita ishchi guruh ishtirokida kechalari bilan ishlaydi. O‘zingiz qonun loyihasini nega ertaroq kiritmadi, deb savol berasiz. Bundan kimga foyda?», — deb eslatdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida qonunni 15 noyabrgacha Senatga kiritishi kerak, yuqori palata esa o‘z o‘rnida 15 dekabrgacha uni ko‘rib chiqib, qabul qiladi.

«Agar bu 15 dekabrdan keyinga qoladigan bo‘lsa, budjetni qabul qilmaslik xavfi oshib ketadi. Davlat budjeti respublika va mahalliy budjetlardan iborat. Mahalliy budjetlar respublika budjeti qabul qilinmasdan turib qabul qilinmaydi. Mahalliy budjetlarni qabul qilish uchun Hisob palatasining xulosasini olinadi. Bu unchalik oson emas», — deya tushuntirdi u.

Doniyor G‘aniyev Davlat budjetini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi 15 oktabrgacha deb belgilangani va u 25 oktabrda qabul qilinayotganini istehzoli deb atadi. «Agar o‘zingiz 15 oktabrgacha kiritilishiga ishonganingizda, may oyining o‘zidayoq tashabbus bilan chiqqan bo‘lardingiz», — deya ta’kidladi.

U, shuningdek, Ukrainada urush davom etayotganiga qaramay, davlat budjeti muhokamasi cyentyabr oyida boshlanganini eslatib o‘tdi (qonun noyabr oyi boshida qabul qilindi). «Ozarbayjonda va boshqa mamlakatlarda muhokamalar davom etmoqda. oktabr oyi tugayapti, bu yilgi budjet taqchilligini o‘zgartirish uchun qanday xarajatlar sarflanishini bilmaymiz! Muammolarga real qarashimiz kerak», — dedi deputat.

Shunday qilib, yil yakuniga qadar 2 hafta qolgan bo‘lishiga qaramasdan, davlat budjeti haqidagi qonun 2 hafta davom etadigan jamoatchilik muhokamasidan, Qonunchilik palatasi va Senatda 1 oydan davom etadigan ko‘rib chiqish jarayonidan ham o‘tmagan.

Iyul oyida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hukumatning ayrim kamchiliklariga «ko‘z yumgani» va takliflarini ma’qullagani, jumladan, budjet taqchilligi chegarasining Vazirlar Mahkamasi qaroriga to‘g‘ri kelmasligi sababli davlat budjeti xarajatlarini oshirish bo‘yicha deputatlarga minnatdorlik bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrda Qonunchilik palatasida Davlat budjeti taqchilligini 3 foizdan 4 foizga oshirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin Senat mazkur hujjatni haligacha ko‘rib chiqqani yo‘q.

«Deputatning yordamchisi ham yo‘q»

budjet 2023, парламент, vazirлар маҳкамаси, deputatlar, дониёр ғаниев

Ruslanbek Davletov.

Sobiq adliya vaziri, hozirda prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ruslanbek Davletov va iqtisodchi Behzod Hoshimov 2021 yil aprel oyida deputatlarning qonun ijodkorligidagi muammolari va bu jarayonda ijro hokimiyati organlarining rolini muhokama qilgandi.

Adliya vazirligining sobiq rahbari deputatlarning salohiyati borligi, lekin parlamentning o‘zida katta qonunlar ishlab chiqish uchun mablag‘ yo‘qligi, ijro hokimiyatida esa moddiy imkoniyat borligini tushuntirgandi. O‘zbekiston kabi prezidentlik respublikasi bo‘lgan davlatni AQSh bilan taqqoslaganda, bir senatorda 30−50 nafar xodim ishlaydi.

«U yerda bir senatorning o‘zida bizning bitta vazirlikka tenglashadigan resurs bor», — dedi u.

Ruslanbek Davletovning qayd etishicha, qonunni kim ishlab chiqishi muhim emas, chunki hammasi qaror qabul qilish tizimiga bog‘liq.

«Bitta deputatga beshta yordamchi berib ko‘ring, juda kuchli, chet elda o‘qigan, biri — moliyachi bo‘lsin, boshqasi — iqtisodchi, bittasini — yurist qilib bering. Ular birgalashib kuchayadi. Chunki siz ularning salohiyatni oshirib berasiz», — dedi u.

Behzod Hoshimov budjetni deputatlarning o‘zi qabul qilishi va ular yordamchilar institutini yaratish huquqiga ega ekanini eslatdi. Davletov uning fikriga qo‘shildi va bu yo‘nalishda deputatlar vakolatlari kengaytirilishini qo‘llab-quvvatladi.