«osiyo taraqqiyot banki» tegli maqolalar


25 noyabr 2021, 17:52

OTB Toshkent viloyatida suv ta’minotini yaxshilash uchun $161 mln ajratmoqda

Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatida suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 161 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda. Loyiha doirasida Ohangaron, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinoz shaharlarining markazlashgan oqava suv tizimlarini modernizatsiya qilinadi. Chinoz, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridagi 70 ta qishloq aholi punktlarida 136 ming nafar aholiga septiklar o‘rnatilib, markazlashtirilmagan kanalizatsiya tarmoqlariga kirishi ta’minlanadi.

7 oktabr 2021, 17:37

OTB O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda raqobatbardosh moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollarlik kreditni ma’qulladi. Kredit mablag‘lari mamlakatda moliyaviy bozorlar uchun qulay muhit yaratishda zarur bo‘lgan davlat siyosati, qonunchilik hamda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

23 sentabr 2021, 19:01

OTB 2021−2022 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlarini yangiladi

OTBning 2021 yilgi yangilangan prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5 foiz, 2022 yilda esa 5,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. OTB 2021 va 2022 yillar uchun inflyatsiya prognozlarini mos ravishda 10 va 9 foiz darajasida saqlab qoldi. Shuningdek, joriy hisob defitsiti bo‘yicha prognozlarini oshirganini ma’lum qildi.

28 may 2021, 13:10

O‘zbekiston xalqaro moliya institutlaridan 200 mln dollar qarz jalb qiladi

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 40 yilga 100 mln dollar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan esa 30 yilga 100 mln dollar qarz oladi. Mablag‘lar O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish loyihasi doirasida sarflanadi. Jumladan, 35 mln dollarga 1000 ta tez tibbiy yordam mashinasini xarid qilish rejalashtirilgan.

14 dekabr 2020, 19:00

OTB O‘zbekiston aholisi bandligini ta’minlashga 93 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirishga, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyiha uchun 93 mln dollar ajratadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting