Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Korzinka supermarketlar tarmog‘i faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun kredit ajratishni ma’qulladi, deya xabar berildi bank veb-saytida.

Qayd etilishicha, kredit miqdori so‘mda 12 mln dollar ekvivalentiga teng bo‘ladi. Kredit Korzinka supermarketlar tarmog‘ini boshqaruvchi Anglesey Food Foreign Enterprise kompaniyasiga bir yillik imtiyozli davr bilan 3 yilga taqdim etiladi.

Qarz mablag‘laridan foydalangan holda Korzinka likvidlik va aylanma mablag‘larni oshiradi, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq barcha operatsion xarajatlarni ta’minlaydi.

Pul kompaniyaga pandemiya ta’siriga chidamliligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashga va 4400 xodim va 1200 fermerga daromad keltirishga yordam beradi, deya qayd etdi OTB.

Bank uchun bu O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalariga davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan birinchi kredit hisoblanadi. Bu OTBning pandemiya sharoitida biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 20 mlrd dollarlik dasturining bir qismi hisoblanadi.

Shuningdek, OTB Korzinka`ga oziq-ovqat chakana savdosidagi tenglikni yaxshilash va jamoalarda inklyuzivlikni oshirishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyida korzinka.uz YeTTBning 40 mln dollargacha miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilgani ma’lum bo‘lgan edi. Shuninngdek, YeTTB korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining aksiyalar paketini sotib olgani haqida xabar berilgandi.