«olimpiada 2020» tegli maqolalar


10 avgust 2021, 13:20

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi qanday kutib olindi — fotoreportaj

Samolyotdan bayroq ko‘tarib chiqqan Bahodir Jalolov, sportchilarni tabriklagan Senat raisi, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan bosh vazir, sportchilarga berilgan “Prezident sovg‘asi” — Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish marosimidan fotoreportaj (video).

9 avgust 2021, 23:32

«Hech qachon bunday adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman» — bosh vazir Olimpiada o‘yinlari haqida

Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. «Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi», — dedi u.

8 avgust 2021, 11:47

Tokio-2020. Bahodir Jalolov Olimpiada oltin medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finalida o‘z raqibini yengib, oltin medali sohibi bo‘ldi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi uchinchi oltin medali bo‘ldi.

8 avgust 2021, 07:55

Tokio-2020. Bokschi Bahodir Jalolov finalda Richard Torres bilan jang qiladi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida bokschi Bahodir Jalolov «oltin» uchun jangda AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi. U bilan 2019 yilgi jahon chempionati chorak finalida ham uchrashgan.

7 avgust 2021, 01:47

Tokio-2020. 7 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 9 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

6 avgust 2021, 02:05

Tokio-2020. 6 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

5 avgust 2021, 01:18

Tokio-2020. 5 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 13-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 8 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

4 avgust 2021, 01:41

Tokio-2020. 4 avgust uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 12-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

3 avgust 2021, 17:50 1

Tokio-2020. Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev O‘zbekistonga oltin medal olib keldi

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika sportida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikkita yo‘nalish bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi.

31 iyul 2021, 01:52

Tokio-2020. 31 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar dzyudo bo‘yicha jamoaviy musobaqalarda hamda boks va o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi.

30 iyul 2021, 02:01

Tokio-2020. 30 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 5 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

29 iyul 2021, 21:25

O‘zbekiston ikki boks jangi natijalaridan norozilik bildirib Olimpiada komissiyasiga murojaat qildi

O‘zbekiston o‘zbek sportchilari ishtirokidagi ikki boks jangi natijalaridan norozi bo‘lib, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari komissiyasiga murojaat qildi. Komissiya besh nafar hakam faoliyatini ekspertlar kuzatayotgani, biroq janglar natijalari qayta ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qildi.

29 iyul 2021, 14:09

Tokio-2020: Olimpiadaning oltinchi kunini O‘zbekiston medallarsiz yakunladi

Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda qatnashishdi. Ular orasida bokschi Bahodir Jalolov keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan barcha sportchilar musobaqadagi ishtiroklarini tugatishdi.

29 iyul 2021, 00:46

Tokio-2020. 29 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida uchta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

28 iyul 2021, 17:31

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning beshinchi kunini bronza medali bilan yakunladi

Tokiodagi Olimpiadaning beshinchi kunida dzyudochi Davlat Bobonov bronza medali sohibiga aylanib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadigi ikkinchi medalni keltirdi. Bokschilar Mirazizbek Mirzahalilov va Dilshod Ro‘zmetovlar Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklarini tugatishdi. Dzyudochi Gulnoza Matniyazova ham yakka bahslardagi ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlab, aralash jamoaviy yo‘nalishdagi ishtirokiga tayyorlanadi.

28 iyul 2021, 00:49

Tokio-2020. 28 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida ikkita sport turi bo‘yicha 4 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

27 iyul 2021, 01:54

Tokio-2020. 27 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 5 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

26 iyul 2021, 19:44

Tokio-2020: O‘zbekiston musobaqaning uchinchi kunini medalsiz, biroq Olimpiya rekordi bilan yakunladi

Tokiodagi Olimpiadaning uchinchi kunida Muattar Nabiyevaning og‘ir atletikadan o‘rnatgan rekordi, taekvondochi Nikita Rafalovich va qilichboz Zaynab Dayibekovaning chiqishlari O‘zbekiston termasi uchun asosiy hodisalardan bo‘ldi. Medallar uchun kurashni yana bokschilar davom ettiradi.

26 iyul 2021, 15:18

«Gimnastikada qo‘limdan kelgan barchasini qildim» — Oksana Chusovitina

Katta sportdan ketishini e’lon qilgan Oksana Chusovitina Tokiodagi Olimpiadadagi ishtiroki va kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi. «Finalga chiqa olmadim, lekin bu qo‘rqinchli narsa emas. Men gimnastikada qo‘limdan kelgan barchasini qildim», — dedi gimnastikachi va O‘zbekistonda o‘z klubini ochish hamda bolalar sportini rivojlantirishga hissasini qo‘shishni orzu qilishini aytib o‘tdi.

26 iyul 2021, 01:45

Tokio-2020. 26 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida beshta sport turi bo‘yicha 7 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting