Milliy olimpiya qo‘mitasi 28 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).

To‘rtinchi kuni musobaqalarda 11 ta sport turidan 23 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Bahslarda O‘zbekiston nomidan 4 nafar sportchi ishtirok etadi.

Jadval. 5-kun

Sport turiYo‘nalishIsm-sharifiO‘tkazish vaqti
Dzyudo-70 kg, 1/16 finalGulnoza Matniyazova — Demos Memnelum (Chad)
07:00
-90 kg, 1/16 finalDavlat Bobonov — Nikolas Mungay (Italiya)
07:45
Boks-57 kg, 1/8 finalMirazizbek Mirzaxalilov — Kurt Uoker (Irlandiya)
08:36
-81 kg, 1/8 final
Dilshod Ro‘zmetov — Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon)
16:27

Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston bitta oltin medal bilan turnir jadvalida 23-o‘rinda edi.