Turizm va sport vazirligi 30 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).

Ertadan musobaqalarga yengil atletikachilarimiz ham qo‘shiladi, ayollar o‘rtasida uch xatlab sakrash bo‘yicha saralash bahslarida hamyurtimiz Roksana Xudoyarova o‘z omadini sinab ko‘radi.

Jadval. 7-kun

Sport turi
Yo‘nalish
Ism-sharifi
O‘tkazish vaqti

Dzyudo
+100 kg
Bekmurod Oltiboyev
07:45
Boks
63−69 kg
Bobousmon Baturov — Pet Makkormak (Britaniya)
08:35
-51 kg
Rayhona Qodirova — Naomi Yumba (Kongo DR)
13:15
Yengil atletika
uch hatlab sakrash
Roksana Xudoyorova
15:05
Suzish50 m, erkin usulNatalya Kritinina
15:35

Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston bitta oltin va bitta bronza medali bilan turnir jadvalining 28-pog‘onasini egallab turibdi.