Milliy olimpiya qo‘mitasi 27 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi(Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).

To‘rtinchi kuni musobaqalarda 22 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Bahslarda O‘zbekiston nomidan 5 nafar sportchi ishtirok etadi.

Jadval. 4-kun

Sport turi
Yo‘nalish
Ism-sharifi
O‘tkazish vaqti
Taekvondo
+67 kg, 1/8 final
Svetlana Osipova — Jansel Deniz (Qozog‘iston)
07:00
Dzyudo
-63 kg, 1/16 final
Farangiz Xojiyeva — Sandrin Bile (Kabo-Verde)
07:00
-81 kg, 1/16 final
Sharofiddin Boltaboyev — Xyugo Kambo (Vanuatu)
08:24
Boks
-81 kg, 1/8 final
Bobousmon Baturov — Rogan Polanko Dominikan Respublikasi
07:15
Suzish100 m erkin usul, saralash
Xurshidjon Tursunov
15:09

MOQ eshkakchilar Shahboz Xolmirzayev va Sodir Safaraliyevning 05:00 da ishtirok etishi haqida xabar berdi, biroq XOQ jadvalida mazkur sport turi bo‘yicha musobaqa rejalashtirilmagan.