Tokiodagi Olimpiya bahslarida O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev 109 kg vazn toifasida 1 o‘rinni egallab, oltin medali sohibi bo‘ldi.

Dast ko‘tarish mashqida 193 kg ko‘targan Jo‘rayev, siltab ko‘tarish dasturida 237 kg ko‘tardi. Ikkala mashq natijasida uning ko‘rsatkichi 430 kg bo‘ldi. U siltab ko‘tarish va umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi.

Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining uchinchi medali bo‘ldi. Xabar berilgan vaqtda O‘zbekiston Olimpiada umumiy jadvalida 26 o‘rinda ketmoqda.

Oldinroq O‘zbekistonga taekvondochi Ulug‘bek Rashitov oltin medali, dzyudochi Davlat Bobonov bronza medalini olib kelgan edi.