Samarqand tumanida 10 yil davomida noqonuniy qurib kelingan 12 qavatli binoni 2022-yilda seysmik holati va boshqa talablarga javob bermagani uchun buzish bo‘yicha sud qarori berilgan. Shunga qaramay, u yerda qahvaxona ishlayotgani aniqlandi va MIBga qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha xat yo‘llandi.
Toshkentning Yunusobod tumanida qo‘p qavatli uylar orasiga “dom” qurmoqchi bo‘lgan kompaniya vakillari va aholi o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Poytaxt hokimligi aholi roziligisiz hududda qurilish amalga oshirilmasligini, IIBB esa fuqarolar bilan janjallashgan shaxslar 10 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.
Uchtepa tumanida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi eskiz loyihasida 3 qavat bo‘lishi ko‘rsatilgani, biroq amalda 12+1 qavat qilib qurilayotgani aniqlandi. Qurilish vazirligi boshqarmasi holatni o‘rganib, binoning qo‘shimcha qismini buzish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi.
Qurilish vazirligi Toshkentdagi yangi ko‘p qavatli turar joy binolaridan birining tomida uy ko‘rinishidagi noqonuniy qurilish aniqladi. Uning egasiga jarima solinib, 15 kun ichida uni buzish topshirildi.
Qurilish vazirligi Andijondagi 50-maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi loyihaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilgani uchun to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vazirlik qurilish bo‘yicha barcha zarur xulosalar olinganini qayd etdi. Avvalroq prokuratura hokim qarori qalbaki ekanini ma’lum qilgandi.
Andijon shahridagi 50-maktab stadioni o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilmoqda. Yozda hibsga olingan shahar hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarori soxta bo‘lib chiqdi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida fuqarolar yetti qavatli uyning tomiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani yuzasidan norozilik bildirdi. Kompaniya mansarda qavat va tom qismiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritgan, shu bois tegishli da’vo arizasi sudga yuboriladi, deya ma’lum qildi Qurilish vazirligi.
Qibray tumanida ikki kompaniya sug‘oriladigan ikkita yer maydonida noqonuniy qurilish ishlari olib bordi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar 1,8 mlrd so‘mdan ortiq deb baholandi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani «Kamolot» mahallasidagi beshta uyda yashovchi aholi daraxtlar o‘sib turgan hovlida ko‘p qavatli uy qurilishiga qarshi chiqdi. Ular miting o‘tkazishga ruxsat olish uchun murojaat qilishga majbur bo‘lganlarini aytishdi. Tuman hokimligi bunday holat bo‘lmaganiga qaramasdan, mitingga chaqiriq uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi.
Nazarbekda maktab va bolalar bog‘chasini qurishga mo‘ljallangan yer uchastkasi noqonuniy ravishda tadbirkorga berib yuborilgan. Senatorlar aralashuvidan so‘ng u boshlagan qurilish ishlari to‘xtatildi.
Andijon viloyatida 7 qavatli uy qurishga ruxsat olgan tadbirkor yana bir qavat qurib olgani aniqlandi. Noqonuniy qurilish tadbirkor hisobidan buzilmoqda. Bundan tashqari, qurilishdagi texnik nazoratchining qurilish bo‘yicha ma’lumot va tajribasi yo‘qligi, savdo yo‘nalishida faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi.
Buxoro shahrida portlagan uyning 7−8 qavatli etib qurilishi uchun tasdiqlangan konsepsiya loyihasi buzilib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar soni oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan ogohlantirish ham berilganligi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting