«migrant» tegli maqolalar


Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
18 iyul 2023, 11:52

Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Chuvashiya Respublikasida hujjatlarini oldirib qo‘yib, oylik maoshsiz ishlagan o‘zbekistonliklarning 12 nafariga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirildi. Ular O‘zbekistonda yangi pasport oladi.

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kasalxonada vafot etdi
30 may 2023, 11:22

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kasalxonada vafot etdi

Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik migrant hujjatlarni tekshirish vaqtida vafot etgani aytilgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi uning shifoxonada vafot etgani, o‘lim hujjat tekshirish jarayoni bilan bog‘liq emasligini bildirdi. Uning jasadi mamlakatga qaytarilgan.

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar pasportlari olib qo‘yilib, majburiy ushlab turilgani aniqlandi
6 sentabr 2022, 10:28

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar pasportlari olib qo‘yilib, majburiy ushlab turilgani aniqlandi

Qozog‘istonda bir guruh o‘zbekistonliklar pasportlari olib qo‘yilib, majburiy ushlab turilgani haqida murojaat bilan chiqdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari fuqarolarning pasportlarini qaytarish va oylik maoshlari undirishga erishdi. Ularni vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Moskvada yotoqxonadagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
30 iyul 2022, 09:02

Moskvada yotoqxonadagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Moskvadagi yong‘inda sakkiz kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. FVVning xabar berishicha, derazalardagi panjaralar va yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ishlamay qolgan signalizatsiya odamlarni qutqarib qolishga to‘sqinlik qilgan.

USAID 35 nafar odam savdosi qurbonini O‘zbekistonga qaytarishga yordam berdi
22 iyul 2022, 17:24

USAID 35 nafar odam savdosi qurbonini O‘zbekistonga qaytarishga yordam berdi

«Istiqlol Avlodi» NNT va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ko‘magida 2021 yilning oktabr oyidan beri odam savdosi qurbonlarining 35 nafari Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi.

2021 yilda qariyb 32 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi
8 aprel 2022, 16:18

2021 yilda qariyb 32 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

2021 yilda 735,4 mingdan ziyod xorijlik Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritdi. Ushbu ko‘rsatkich kamida 2000 yildan buyon rekord natija hisoblanadi. O‘tgan yili Rossiya pasportini olgan o‘zbekistonliklar soni esa 2020 yilga nisbatan 8,8 ming kishiga ko‘payib, 31,9 ming nafarni tashkil etdi.

«Biz yoqish uchun shirin gaplarni gapirmoqchi emasmiz» — Alisher Qodirov migrantlarni soliqqa tortish taklifiga izoh berdi
21 oktabr 2021, 17:25

«Biz yoqish uchun shirin gaplarni gapirmoqchi emasmiz» — Alisher Qodirov migrantlarni soliqqa tortish taklifiga izoh berdi

Alisher Qodirov migrantlardan soliq undirish borasidagi taklifi yuzasidan izohlarga munosabat bildirdi. U mamlakat haligacha mehnat resurslarini xorijga eksport qilishga majbur ekanligini ta’kidlab, mehnat migrantlarini bunga tayyorlash kerakligini aytdi. «O‘zbekiston fuqarosi nafaqat o‘zining qorni, balki O‘zbekiston, deb yashashi kerak», — deya ta’kidladi prezidentlikka nomzod.

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko‘rik Toshkentda o‘tkaziladi
11 oktabr 2021, 12:38

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent uchun tibbiy ko‘rik Toshkentda o‘tkaziladi

Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Toshkentga keldi.

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi
28 iyul 2021, 13:39

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi

O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga yordam berishga mo‘ljallangan Telegram-bot ishga tushirildi. Unda chet elda ishlash va yashash qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, chet elda ishlayotganlarni qo‘llab-quvvatlash turlari to‘g‘risida bilib olish mumkin. Bundan tashqari, botga odam savdosi to‘g‘risida ma’lumot yuborilishi mumkin.

Rossiyada maoshini ololmayotgan o‘zbekistonlik migrantlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
26 iyul 2021, 17:49

Rossiyada maoshini ololmayotgan o‘zbekistonlik migrantlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada va’da qilingan maoshini ololmayotgan migrantlar murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Natijada, fuqarolarning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oylik maoshlarini o‘z vaqtida berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv dalolatnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, videomurojaatda aytilgan bir kunlik maosh, aslida, bir soatlik ekani ma’lum bo‘ldi.

Senat Rossiyaga ishga jo‘natilib, va’da qilingan maoshini ololmayotgan fuqarolar murojaatini o‘z nazoratiga oldi
24 iyul 2021, 17:30

Senat Rossiyaga ishga jo‘natilib, va’da qilingan maoshini ololmayotgan fuqarolar murojaatini o‘z nazoratiga oldi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi va yetarli sharoitlar yaratilmaganligi ustidan shikoyat qilmoqda. Oliy Majlis Senati ushbu holatni o‘z nazoratiga oldi.

Rossiyadagi qurilishda 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib, vafot etdi
24 iyun 2021, 14:42

Rossiyadagi qurilishda 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib, vafot etdi

Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanidagi qurilish obyektida ishlayotgan 22 yoshli o‘zbekistonlik balandlikdan yiqilib tushib, shifoxonada vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro xorijga ishlash uchun jo‘nab ketdi
3 mart 2021, 10:42

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro xorijga ishlash uchun jo‘nab ketdi

2020 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi. Fuqarolar hozirda belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob’ektlarda ish boshlaydi.

Rostov va Samaradagi lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar o‘z vatanga qaytarildi — TIV
29 sentabr 2020, 13:01

Rostov va Samaradagi lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar o‘z vatanga qaytarildi — TIV

Samara va Rostov viloyatlaridagi chodirlar lagerlarida yashagan barcha O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deya xabar berdi TIV. Vazirlik vatanga mashinalarda qaytish uchun yo‘lovchi to‘playotgan xususiy tashuvchilarga ishonmaslikka chaqirdi.

Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining asosiy yo‘nalishlari belgilandi
14 sentabr 2020, 21:47

Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining asosiy yo‘nalishlari belgilandi

Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilandi. Xususan, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi, mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi.

Tashkiliy ravishda xorijda ishlashga ketayotganlar majburiy kasb-hunarga o‘qitiladi
14 sentabr 2020, 20:53

Tashkiliy ravishda xorijda ishlashga ketayotganlar majburiy kasb-hunarga o‘qitiladi

1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.

Qariyb 2000 o‘zbekistonlikni Rossiyadan olib kelish boshlandi
6 avgust 2020, 21:55

Qariyb 2000 o‘zbekistonlikni Rossiyadan olib kelish boshlandi

O‘zbekiston yaqin kunlarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilib qolgan qariyb 2000 o‘zbekistonlik ikkita poyezd bilan qaytarilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting