Qozog‘istonning Chimkent shahrida ishlayotgan bir guruh o‘zbekistonlik fuqarolardan pasportlari olib qo‘yilganligi va majburiy ushlab turilganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Ushbu murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakolatxonasi xodimi hamda Chimkent shahar politsiya departamenti tezkor guruhi bilan fuqarolarning ish joyiga borilgan. Murojaatchilarning pasportlari qaytarilgan va oylik maoshlari undirib berilgan.

Xabarga ko‘ra, hozirgi kunda ularni vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.