Qariyb 2000 nafar O‘zbekiston fuqarosi yaqin kunlarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasining ikkita poyezd bilan olib kelinadi, deya xabar qildi «Gazeta.uz»ning hukumatdagi axborot manbasi.

O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmatining qayd etishicha, Toshken — Buzuluk — Toshkent yo‘nalishidagi poyezd 918 nafar yo‘lovchi bilan bugun tunda O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqadi. Toshkent — Kinel — Toshkent yo‘nalishidagi poyezd esa 7 avgust kuni 918 nafar yo‘lovchilar bilan tushdan so‘ng Vatanimiz tomon harakatlanishni boshlaydi.

Ushbu reys chiptalari faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Buzuluk va Kinel vokzallarida sotildi. Buzuluk — Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar narxi 1 287 000 so‘m (9. 259 rubl), Kinel — Toshkent — 1 357 000 so‘m (9. 761 rubl)ni tashkil topdi. Yo‘l davomida yo‘lovchi poyezdlar faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poyezdlar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi. Ushbu reyslarda olib kelingan yo‘lovchilar poyezdlardan tushishi bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi.

Avvalroq Samara viloyatining Bolshechernigovskiy tumanida 1000 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi yig‘ilgani haqida xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Orenburg viloyatining Pervomay tumanida ham o‘zbekistonliklar uyga qaytishga imkoniyat tug‘ilishini kutmoqda. Ular koronavirus sababli yopilgan Rossiya-Qozog‘iston chegarasi orqali vatanga qaytishni umid qilishgan.

Uyga qaytishni istagan O‘zbekiston fuqarolari muntazam ravishda Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga kelib yig‘ilishgan. Chegara hududlaridagi to‘planishlar uch marta — may o‘rtalarida va oxirida, shuningdek iyul oyining boshlarida qayd etildi. Barcha holatlarda fuqarolar Qozog‘iston hududi orqali uylariga qaytishga muvaffaq bo‘lishdi. Birinchi holda, avtobuslarda 1100 kishi, ikkinchi holatda — 367 kishi qaytishgan. Uchinchi marotaba, iyul oyi o‘rtalarida Rossiyaning chegaraoldi hududlaridan Toshkentga uchta poyezdda 2000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qaytarildi.