Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14 sentyabrda imzolangan"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan хавфсиз, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning 6ta asosiy yo‘nalishi belgilanmoqda.

Jumladan:

  • tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi;
  • xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar beriladi;
  • mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi;
  • mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar reintegratsiya qilinadi, shu jumladan ularning bandligi ta’minlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari rag‘batlantiriladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining ishi quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;
  • hududiy filial rahbarlari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yordamchilari hisoblanadigan bo‘ldi;
  • hokimliklar mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘radi;

Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:

  • xorijiy ish beruvchilar va ularning vakillari bilan bevosita kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan fuqarolarni ishga yuborish;
  • xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar o‘rnatish va muzokaralar o‘tkazish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
  • xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan grantlarini jalb qilish.