2020 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Yanvar-fevral oylarida Rossiya Federasiyasiga 3209 nafar, Qozog‘iston Respublikasiga 488 nafar, Birlashgan Arab Amirliklariga 3 nafar, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan fuqarolardan 101 nafari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborildi.

Fuqarolar belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob’ektlarda ish boshlaydi, deyiladi xabarda.