2023-yil avgust oyidan buyon Qashqadaryoning Chiroqchi tumaniga hokimlik qilib kelayotgan Fayzulla Yusupovga nisbatan hayfsan jazosi qo‘llandi. Viloyat hokimligi uning topshiriqlar ijrosida nazoratni susaytirgani va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini bildirdi.
Navoiy viloyati hokimi farmoyishi bilan G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Xatirchi tumanlari hokimlariga hayfsan berildi, Karmana tumani hokimiga jarima jazosi qo‘llanildi.
Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga hamda qurilishga mas’ul o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda quyosh panellarini o‘rnatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berilishi belgilandi. 2 oyda o‘zgarish qilmasa, ular ishdan olinadi.
Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlari bo‘yicha uylarni topshirish ishlari cho‘zilib ketgani uchun 9 ta viloyatda hokimlarning qurilishga mas’ul o‘rinbosarlari va Markaziy bankning viloyat bo‘linmalari rahbarlariga hayfsan e’lon qildi.
O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l, Parkent tumanlari hokimlari dehqon xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha 100 gektardan yer maydoni ajratib bermagani uchun tushuntirish xati yozadi. Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz hokimlari o‘rinbosarlariga esa hayfsan berildi.
Poytaxt hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod hokimlariga hayfsan berdi. Bunga Shavkatbek Irgashev, Farxod Abdullayev va Boxadir Abduvaliyevlarning qishga tayyorgarlik va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagani, aholi bilan muloqot qilmagani sabab bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi selektorda Toshkent viloyati hokimi ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga «hayfsan» berildi. Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Mustafoyev, «Uztransgaz» rahbari Normatov va «O‘zbekneftgaz» rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etildi.
Tarmoqlarda Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning tadbirkorni so‘kkani aks etgan audio tarqaldi. Viloyat hokimi o‘tkazgan odob-axloq qoidalari bo‘yicha muhokama yig‘ilishida hokimga «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi va barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi.
Toshkent shahar hokimi poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Umarovga boshqarma «balansida bo‘lgan texniklardan samarali foydalanmagani va ishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari» uchun hayfsan berdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sho‘rchida o‘quvchilar uyda o‘qitilayotganini keskin tanqid qildi. Tuman hokimiga hayfsan berildi, uning o‘rinbosari va XTB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi. «Zudlik bilan vaziyat o‘zgarmasa, bolalar hokimiyat binosida ta’lim olishadi», — dedi Sardor Umurzakov.
Shu yilning birinchi choragi bo‘yicha poytaxtning Uchtepa tumanida mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyati KPI tizimi bo‘yicha baholandi. Natijada 60 nafar hokim yordamchisidan 33 nafariga o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib kelayotgani uchun hayfsan berildi.
Faoliyatidagi kamchiliklar va aholi murojaatlariga e’tiborsiz qaragani uchun Muborak tumani hokimi Akrom Aripovga «hayfsan» berildi.
«Kinoteatr» davlat telekanali «Baunti» filmidagi ochiq sahnalar uchun efirga tayyorlash guruhi mas’ul xodimini ishdan bo‘shatdi, shuningdek, rahbarlardan biriga xayfsan berdi.
Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga binoan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga e’tiborsiz bo‘lgan 5 ta tuman hokimiga «hayfsan» berildi. 2 ta tuman hokimi esa ish haqining 20 foiz miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Buxoro shahri hokimi qattiq ogohlantirildi. Yana bir hokimga fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning holatini chuqur tahlil qilish topshirildi.
Toshkent hokimi poytaxtning uch tumani hokimlariga «hayfsan» e’lon qildi. Bunga ularning birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari sabab bo‘lgan.
Ishtixon hokimligi matbuot xizmati rahbari jurnalist kamerasining xotira kartasini yeb qo‘ymaganligini ma’lum qildi. «MY5» muxbiri ham bu haqda faqat boshqalardan eshitganligi, o‘zi ko‘rmaganligini ma’lum qildi. Matbuot kotibiga «hayfsan» berildi. Jurnalist esa kamera buzilganligi holati bo‘yicha sudga murojaat qilmasligini bildirdi.
Samarqand viloyatida tuman IIB boshlig‘iga signal chalgan haydovchining mashinasi jarima maydonchasiga joylanishi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Paxtachi tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori M.Tog‘ayevga hayfsan, YPX inspektori safdor F.Haitovga tanbeh intizomiy jazosi berildi. Tuman IIB boshlig‘ining harakatlari esa «Intizomiy kengash»da ko‘rib chiqiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting