Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi mahallalardagi hokim yordamchilarining 33 nafarini intizomiy jazoga tortish bo‘yicha farmoyishni imzoladi.

2022 yilning birinchi chorak yakuni bo‘yicha «Online-Mahalla» platformasiga kiritilgan ma’lumotlar KPI tizimi bo‘yicha baholanib, tumandagi 60 ta mahalla fuqarolari yig‘inlari hokim yordamchilaridan 45 foizi (27 nafari) past baho olganligi aniqlandi.

Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari tumanning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ham juda pastligi va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmasdan o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib kelayotgan quyidagi hokim yordamchilariga Mehnat kodeksining 181-moddasiga (intizomiy jazolar) muvofiq ҳайфсан e’lon qilindi:

  • «Abdulla Qodiriy» — S.Fazliyev;
  • «Qo‘rg‘ontepa» — A.Raupov;
  • «Xondamir» — N.Usmonov;
  • «Jurjoniy» — K.Saipov;
  • «O‘rikzor» — N.Mirzayev;
  • «Oqmaschit» — B.Qurbonov;
  • «Hojiobod» — F.Karimov;
  • «Nurobod» — S.Tuxtamurodov;
  • «Bog‘obod» — X.Ro‘zimurodov;
  • «Qor yog‘di» — B.Isayev;
  • «Bekobod» — S.Jumaqulov;
  • «Ko‘ksaroy» — I.Imambayev;
  • «Tepaqo‘rg‘on» — X.Jumayev;
  • «Alixonto‘ra Sog‘uniy» — Y.Xadjiyev;
  • «Tinchlikobod» — S.Abduvaliyev;
  • «Ko‘kcha Oqtepa» — M.Egamberdiyev;
  • «Qoziguzar» — A.Qurbonov;
  • «Chamanzor» — A.Shamsiyev;
  • «Yusuf Sakkokiy» — I.Rahmatullayev;
  • «Latifguzar» — Sh.Nasrullayev;
  • «Xuroson» — K.Burhonov;
  • «Foziltepa» — D.Karimov;
  • «Sharq Yulduzi» — T.Abdurahmonova;
  • «Taqachi» — O.Yorqulov;
  • «O‘tkir» — A.Shernazarov;
  • «Ko‘rkamobod» — B.Boboqulov;
  • «Xurshid» — M.Axmedov;
  • «Cho‘pon ota» — J.Boymirov;
  • «Diydor» — R.Norqo‘ziyev;
  • «Quyi Darxon» — A.Arziyev;
  • «Sharq Guli» — J.Soatov;
  • «Beshqayrag‘och» — R.Qutliyev;
  • «Hayratiy» — J.Jonibekov.

Eslatib o‘tamiz, «Gazeta.uz» 10 yanvardan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab 9300 nafardan ortiq hokim yordamchilari mahallalarda o‘z faoliyatini boshlagani haqida yozgandi.

Yanvar o‘rtalarida prezident hokim yordamchilarini hech qaysi hokim yoki rahbar majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan «ko‘mib tashlamasligi», hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerakligini ta’kidlagandi. «Hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi lozim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Aprelning ikknchi yarmiga kelib, Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumani «Sharq» mahallasidagi hokim yordamchisi pora olgani uchun 5 yilga qamalganini ma’lum qildi. «Joylardagi ayrim hokim yordamchilari „kredit, subsidiya, yer olib beraman“, deb ta’magirlik qilayotgani ham juda achinarli holat», — dedi prezident. Barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari qat’iy ogohlantirildi.