Namangan shahrida ohak sexi 7 mlrd 56 mln so‘m so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu hajmdagi gaz 23 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.
Shayxontohur tumanida 1 ta MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida 3 mlrd 838 mln so‘mlik zarar yetdi. Bu hajmdagi gaz 29 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi. Korxonaning, shuningdek, elektrdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi borligi ma’lum bo‘ldi.
Kogon tumanida tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, 26,1 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar aniqlandi. Ular 11 va 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Oltiariq tumanidagi gaz “zapravka” 27 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.
Mirobod tumanidagi poliz mahsulotlarini qadoqlash sexida gazdan noqonuniy foydalanib, tizimga 824 mln 417 ming so‘m zarar yetkazgan fuqaro aniqlandi.
Pastdarg‘om tumanida ohak ishlab chiqaruvchi sex mansabdorlari 4,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlatobod tumanida ohak ishlab chiqaruvchi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Toshkentdagi 4 ta gaz “zapravka” va Farg‘onadagi bitta ohak sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida davlatga jami 25 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Yanvarda O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 614 ta holat aniqlandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Xususan, AGTKSlarda 20 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularda 76,8 mlrd so‘mlik gazdan foydalanilgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Toshkent viloyati prokurori Olmaliqdagi gazga noqonuniy ulanib olgan g‘isht zavodini uzib qo‘ymaslikni so‘raganini ma’lum qildi. «Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo‘ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo‘q», — dedi u.
1−15-mart kunlari ichida respublikada 7,8 mln kub metrdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu 583 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting