O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif, to‘p va futbolkalarga qo‘yilgan dastxatlar, “Do‘stlik” stadioni qurilishiga qo‘shilgan hissa, U-20 terma jamoasiga tilaklar va 9-raqamli futbol formasi — Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoning Toshkentga tashrifidan reportaj.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va FIFA rahbari Janni Infantino uchrashuvida O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sport tashkiloti rahbari mamlakat prezidentiga uning familiyasi hamda 24 raqami tushirilgan futbolka tortiq qildi.
FIFA Indoneziyani U-20 jahon chempionati mezbonligidan chetlatishga qaror qildi. Mamlakat aholisi Isroil terma jamoasining turnirda qatnashishiga ruxsat bermaslikni talab qilgan. 31-martga belgilangan qur’a tashlash marosimi ham surilgan. Turnirga qaysi davlat mezbonlik qilishi hozircha noma’lum.
«FIFA World Cup Trophy Tour» loyihasi doirasida futbol bo‘yicha Jahon kubogi O‘zbekistonga olib kelinib, ommaga ko‘rsatildi. Uni futbol yulduzlari Karles Puyol va Kristian Karambyo o‘zbekistonlik muxlislarga tanishtirdi. O‘zbekiston mazkur kubok olib boriladigan dunyodagi 51 mamlakatning biri hisoblanadi.
FIFAning maxsus turnesi doirasida O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi. 6 iyun kuni o‘tkaziladigan taqdimot doirasida futbol yulduzlari — Kristian Karambyo va Karles Puyolning ishtirok etishi kutilyapti.
2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga saralash o‘yinlarining navbatdagi bosqichi boshlandi. Italiya va Turkiya saralashdan chiqib ketdi, Portugaliya va Shvetsiya yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi. Shuningdek, Urugvay, Ekvador, Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish masalasini hal qildi. Afrikada Saloh va Mane qarama-qarshiligi kutilmoqda, Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasi uchun uchta yo‘llanmaga beshta terma jamoa da’vogarlik qilmoqda.
FIFA va UEFA Rossiyadagi mahalliy klublar va mamlakat milliy terma jamoasini barcha musobaqalardan chetlatdi. Bu sanksiyalar Rossiya erkaklar terma jamoasi kelasi oy Jahon chempionati pley-off o‘yinlaridan va ayollar jamoasi bu yil yozgi Yevropa chempionatidan chetlatilganini nazarda tutadi. Shuningdek, «Spartak» klubi ham Yevropa ligasidan chetlatildi, UEFA esa Rossiyaning energetika giganti «Gazprom» homiyligidan voz kechdi.
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski FIFA talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Krishtianu Ronaldu xalqaro futbolda barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purarga aylangani uchun FIFA`ning maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Barcha sovrinlar egalari.
FIFA tomonidan o‘tkazilgan The Best 2020 marosimida «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski yilning eng yaxshi futbolchisi va «Liverpul» klubi bosh murabbiysi Yurgen Klopp yilning eng yaxshi murabbiysi sovrinlarini qo‘lga kiritishdi.
FIFA 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi, darvozaboni va murabbiysi sovrinlariga nomzodlarni e’lon qildi. FIFA.com sayti orqali ommaviy ovoz berish 9 dekabr 23:59 gacha qabul qilinadi. Sovrindorlar 17 dekabr kuni taqdirlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting