FIFA 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi, darvozaboni va murabbiysi sovrinlariga nomzodlarni e’lon qildi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlar sifatida Tiago Alkantara («Bavariya"/"Liverpul»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Kevin de Bryoyne («Manchester Siti»), Robert Levandovski («Bavariya»), Sadio Mane , Muhammad Salah va Virdjil van Deyk (hammasi — «Liverpul»), Kilian Mbappe va Neymar (ikkalasi ham «PSJ»), Lionel Messi («Barselona»), Serxio Ramos («Real») kabi futbolchilar ko‘rsatilgan.

Shuningdek, yilning eng yaxshi darvozaboni nominatsiyasiga Alisson («Liverpul»), Keylor Navas («PSJ»), Tibo Kurtua («Real»), Manuel Noyer («Bavariya»), Yan Oblak («Atletiko»), Mark-Andre ter Shtegen («Barselona») kabi futbolchilar nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Eng yaxshi murabbiy sovrinini esa Marselo Belsa («Lids»), Xans-Diter Flik («Bavariya»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Xulen Lopetegi («Sevilya») va Zidan («Real») kabi murabbiylardan biri qo‘lga kiritishi mumkin.

FIFA.com sayti orqali ommaviy ovoz berish 9 dekabr 23:59 gacha qabul qilinadi. The Best FIFA Football Awards 2020 tanlovi sovrindorlari 17 dekabr kuni taqdirlanadi.