Jahon futboli boshqaruv organi FIFA va Yevropa boshqaruv organi UEFA Rossiya klublari va terma jamoalarini barcha musobaqalardan chetlashtirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mazkur qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik va belaruslik sportchilar hamda mansabdor shaxslarni har qanday xalqaro musobaqalardan chetlashtirishni tavsiya qilganidan so‘ng qabul qilingani aytildi.

Ushbu chetlashtirish tufayli Rossiya erkaklar terma jamoasi kelasi oy Jahon chempionati pley-off o‘yinlarini o‘tkazmasligi, ayollar jamoasining esa bu yil yozgi Yevropa chempionatidan chetlatilganini anglatadi. Moskvaning «Spartak» klubi ham Yevropa ligasidan chetlatildi, UEFA esa Rossiyaning energetika giganti «Gazprom» homiyligidan voz kechdi.

Har ikki tashkilot prezidentlari Ukrainadagi vaziyat sezilarli darajada va tez yaxshilanishiga umid qilmoqda, shunda futbol yana odamlar o‘rtasidagi birlik va tinchlik vektori bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.