Mo‘g‘uliston 2023 yilda O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtirmoqda. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Batmunx Batsetseg uchrashuvida ushbu masala muhokama qilindi.
USAID Samarqandda migrantlar va ularning oilalari uchun ikkinchi axborot-maslahat markazini ochdi. Markaz xorijda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun treninglar o‘tkazadi hamda qaytib kelgan migrantlar va ularning oila a’zolariga huquqiy maslahat va kasb-hunar o‘rgatadi.
Polshaning Lodz shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Ispaniya Qirolligidagi hamkasbi bilan uchrashdi. Tomonlar iqtisodiy aloqalar, turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlik bo‘yicha fikr almashdi. O‘zbekiston rasmiy Madridning Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishladi.
Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida tashkil etilgan uchastkada 621 nafar saylovchidan 591 nafari ovoz berdi. Saylovda qatnashganlarning taxminiy ko‘rsatkichi 69 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, eng yuqori — Jetisu viloyatida, eng kami esa — Olmaotada — 28,7%. Ostonada esa 48,6% saylovchi ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi 26 nafar o‘zbekistonlik chaqiruv qog‘ozini olganini tasdiqladi. Dipmissiya o‘zbekistonliklar chaqiruv qog‘ozi olayotgan shu va boshqa holatlarni «texnik xatolik» deb atadi va hujjatlar tekshiruvidan so‘ng safarbarlik uchun chaqiruv bekor qilinayotganini qayd etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainada jang qilgani aytilayotgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aks etgan video tarqalgach, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi «batafsil va ishonchli ma’lumot» olish uchun mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish va harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi, qolaversa, extiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Avvalroq Permdagi o‘zbeklar tashkiloti rahbari Jahongir Jalolov shunday da’vat bilan chiqqan edi.
Rossiyalik turist Polina Yermakova O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tganidan bir necha kun o‘tib Toshkentda dron olib kirgani uchun hisbga olingandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bojxona xodimi kvadrokopterni olib kirishga e’tiroz bildirmagan. Sud uni oqladi, biroq dron undan tortib olindi.
O‘zbekistonning Kiyev shahridagi elchixonasi 22 apreldan o‘z ish faoliyatini to‘liq tiklagani ma’lum qilindi. Elchixona vaqtincha Lvov shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Ukraina elchixonasi 1 mart kuni O‘zbekiston TIVga mamlakatda Rossiya telekanallari efirini taqiqlashni so‘rab nota yubordi. Xatda qayd etilishicha, Rossiya OAVlari olib borayotgan «axborot urushi harbiy kampaniyaning ajralmas qismi» va «jahon hamjamiyatini dezinformatsiyalashga qaratilgan». Elchi Nikolay Doroshenko «Ozodlik» radiosiga bergan intervyusida shuningdek, 28 tonnalik gumanitar yordamni yuborgani uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi. Hukumat qarori bilan amaliyot muddati, saralab olish bosqichlari va tartibi belgilab berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting