19-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, ikki mamlakat yetakchilari ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib bergan. Ikki davlat madhiyalari yangragan.

Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.

“Elchixonada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan”, — deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirgan.

тожикистон, шавкат мирзиёев, elchixona, эмомали раҳмон

тожикистон, шавкат мирзиёев, elchixona, эмомали раҳмон