«buxoro» tegli maqolalar


Buxoroda erkak xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi
29 may 2023, 12:18

Buxoroda erkak xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi

Kogon shahrida er xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi. Janjalni ajratmoqchi bo‘lgan erkakning onasi ham jarohat oldi.

Buxorodagi 5 ta arxeologik yodgorlikka 291 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
27 may 2023, 10:38

Buxorodagi 5 ta arxeologik yodgorlikka 291 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Romitan tumanidagi 5 ta arxeologiya yodgorligiga jami 291,4 mlrd so‘mlik jiddiy shikast yetkazilgan. Ularda noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilgan. Yodgorliklar orasida eng katta zarar o‘rta asrlarga oid Tepa-9 obyektiga yetgan.

Buxoroda 13 yoshli qiz yangasi majburlovi bilan bir necha bor zo‘rlab kelingani aytilmoqda
2 may 2023, 15:58

Buxoroda 13 yoshli qiz yangasi majburlovi bilan bir necha bor zo‘rlab kelingani aytilmoqda

Qorako‘l tumanida akasi vasiyligida qolgan qiz yangasining majburlovi bilan zo‘rlangani aytilmoqda. Hozirda Buxoro viloyati IIB tomonidan JKning 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish moddasi bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Buxoroda gaz balloni yorilishi oqibatida 2 kishi 90−95 foiz kuyib, shifoxonaga yotqizildi
29 aprel 2023, 10:00

Buxoroda gaz balloni yorilishi oqibatida 2 kishi 90−95 foiz kuyib, shifoxonaga yotqizildi

Buxoro shahridagi avtoustaxonada 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni portladi. Oqibatda 90−95 foiz kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan 2 bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Buxoroda erkak boshqaning do‘konini 51 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
28 aprel 2023, 12:01

Buxoroda erkak boshqaning do‘konini 51 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Buxoroda erkak soxta pasport va shartnomani ko‘rsatib, birovning do‘konini ikki ayolga 50,8 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi.

Buxoroda maktab direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda
23 aprel 2023, 10:44

Buxoroda maktab direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qorako‘l tumanidagi maktablardan birining direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda. U bu pulni fuqarolarni farrosh va qorovul lavozimiga ishga qabul qilgani evaziga olayotganda qo‘lga tushgan.

Buxoroda eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi
12 aprel 2023, 11:55

Buxoroda eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Peshku tumanida qo‘shnisiga tegishli eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘lgan.

Buxoroda yerto‘lada yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan mayning fermasi aniqlandi
9 aprel 2023, 12:27

Buxoroda yerto‘lada yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan mayning fermasi aniqlandi

Buxorolik fuqaro o‘z uyining yerto‘lasida yashirin mayning fermasini ochgani aniqlandi. U yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlatga 93 mln so‘mlik zarar yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoroda fuqaro tomorqasiga zarar yetkazgan eshakning quloqlarini kesib tashladi
8 aprel 2023, 13:52 1

Buxoroda fuqaro tomorqasiga zarar yetkazgan eshakning quloqlarini kesib tashladi

Peshku tumanida fuqaro qo‘shnisining eshagi tomorqaga zarar yetkazgani uchun uning quloqlarini kesib tashladi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘ldi. Fuqaro 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Buxorodagi uch kishi qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan
28 mart 2023, 15:49

Buxorodagi uch kishi qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan

Buxorodagi «Somoniylar» istirohat bog‘ida uch kishi, jumladan, yosh bola qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan.

Buxoroda tadbirkorlar salkam 12 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
4 mart 2023, 14:41

Buxoroda tadbirkorlar salkam 12 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

G‘ijduvon tumanida avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalarining 3 tasida tabiiy gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda. Oqibatda davlat manfaatlariga 11,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sochi va Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘landi
30 yanvar 2023, 11:15

Sochi va Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘landi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Buxoroda bolalar «Sinepar» siropidan vafot etgani haqida yolg‘on xabar tarqatilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
26 yanvar 2023, 10:20

Buxoroda bolalar «Sinepar» siropidan vafot etgani haqida yolg‘on xabar tarqatilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro prokuraturasi viloyatda 23 bola «Sinepar» siropini ichgach vafot etgani haqida yolg‘on axborot tarqatilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda «Sinepar» siropidan 23 bola vafot etgani rad etildi
25 yanvar 2023, 15:43

Buxoroda «Sinepar» siropidan 23 bola vafot etgani rad etildi

SSV Buxoro viloyatida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, fuqarolardan shifokor ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik so‘raldi.

«Buxoro turizm markazi» uchun boshqa yer maydoni tanlanadi
15 yanvar 2023, 16:45

«Buxoro turizm markazi» uchun boshqa yer maydoni tanlanadi

Buxoro viloyati hokimligi ko‘hna shahar markazida qurilishi rejalashtirilgan «Turizm markazi» uchun «boshqa maqbul yer maydonlari tanlanishi»ni ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, markaz qurilishini to‘xtatish haqida prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriq bergan.

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish uchun o‘nlab binolar buzilishi mumkin. Aholi norozi
15 yanvar 2023, 13:07

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish uchun o‘nlab binolar buzilishi mumkin. Aholi norozi

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish rejalashtirilmoqda. Buyurtmachi sifatida Enter Engineering kompaniyasi tanlandi. 32,6 ga maydonda majmuani barpo etish uchun hokimlik, prokuratura binolari, stadion va boshqalar buzilishi mumkin. Aholi prezidentga murojaat bilan chiqdi.

Qurilish vaziri: «Turizm markazi qurilishi hozircha loyiha»
14 yanvar 2023, 15:34

Qurilish vaziri: «Turizm markazi qurilishi hozircha loyiha»

Qurilish vazirining aytishicha, Buxoroda turizm markazi qurilishi hali loyiha. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar loyihani amalga oshirishga qaror qilgan — binolarni xatlovdan o‘tkazilmoqda, YUNESKO bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda, shuningdek, aholiga tovon puli to‘lash rejalashtirilgan.

Buxoroda tadbirkor garovdagi binoni qayta qimmatga garovga qo‘yib, 1,3 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirdi
13 yanvar 2023, 12:56

Buxoroda tadbirkor garovdagi binoni qayta qimmatga garovga qo‘yib, 1,3 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirdi

Buxoro shahrida oilaviy korxona rahbari bankning sobiq mas’ullari bilan kelishib, kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mehmonxona binosini qayta qimmatroqqa garovga qo‘ygan. Qo‘shimcha bino qurish uchun yana kredit olib, jami 1,3 mlrd so‘m pulni talon-toroj qildi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Buxorodagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
7 yanvar 2023, 09:22

Buxorodagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. 8 ta qutqaruv ekipaji 2,5 soat davomida yong‘inni o‘chirdi. Hodisa oqibatida majmuaning 250 kvadrat metr maydoni yondi.

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi
5 yanvar 2023, 12:28

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi

Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida o‘zini osib qo‘ydi. Ularning ikkisi ham vafot etdi. Tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting