31-may kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga borib, tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi. Uning matbuot xizmati majmuadan olingan fotosuratlarni e’lon qildi.

Prezident ishtirokida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqqa tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi. Ziyorat chog‘ida “obod qilingan, tarixiy asliyat tiklangan” majmuadagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, majmuadagi Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lak tiklangani qayd etildi. Endi ziyoratchilar Bahouddin Naqshband maqbarasiga sunnatga muvofiq qibla tarafdan yurib boradi. Toqi miyona darvozasining ikki yoni boqqa aylantirilgan. Muzey va tahoratxona barpo etilgan. Yo‘qolib borayotgan Doniyolbiy madrasasi tiklanmoqda.

баҳоуддин нақшбанд maqbarasiни, buхоро, президент

баҳоуддин нақшбанд maqbarasiни, buхоро, президент

баҳоуддин нақшбанд maqbarasiни, buхоро, президент

“Yuz yil vayron bo‘lib yotgan bu darvozani tiklaganimiz — o‘zlikni anglash, tarixga hurmatimiz ifodasi. Endi bu yerdagi har bir obidaga, xonlar dahmalariga bitiklar yozib qo‘yish kerak. Ziyoratga kelganlar qadamma-qadam tarixni o‘rganib, ma’naviy ruh olib o‘tsin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

баҳоуддин нақшбанд maqbarasiни, buхоро, президент

баҳоуддин нақшбанд maqbarasiни, buхоро, президент

Prezident olimlar bilan suhbatda Bahouddin Naqshband merosini chuqur o‘rganish haqida fikr bildirdi. Chet davlatlardan manbalarni olib kelish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, muzeyni Imom Buxoriy majmuasidagidek mazmunan boyitish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ziyoratchilar, jumladan, xorijiy turistlar uchun qulayliklarni kengaytirish, qishga ham, yozga ham mos sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mutasaddilarga shularni qamrab olgan holda, olimlarning takliflari asosida qaror ishlab chiqish topshirildi.

баҳоуддин нақшбанд maqbarasiни, buхоро, президент

баҳоуддин нақшбанд maqbarasiни, buхоро, президент

баҳоуддин нақшбанд maqbarasiни, buхоро, президент