«brifing» tegli maqolalar


Kasaba uyushmasi bir xodimga yil davomida 5 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarfladi
9 noyabr 2021, 12:24

Kasaba uyushmasi bir xodimga yil davomida 5 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarfladi

Kasaba uyushmalari tomonidan yil boshidan beri 14 mingga yaqin xodimning mehnat huquqlari tiklanib, ular foydasiga 13,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi. Jamoa shartnomasini bajarish uchun respublika bo‘yicha o‘rtacha bir xodimga yil davomida sarflangan mablag‘ miqdori 1,5 mln so‘mdan 5 mln 62 ming so‘mgacha oshdi.

Narzulla Oblomurodov partiyadoshlarini «tarixiy g‘alaba» bilan tabrikladi
25 oktabr 2021, 21:53

Narzulla Oblomurodov partiyadoshlarini «tarixiy g‘alaba» bilan tabrikladi

Prezidentlikka nomzod Narzulla Oblomurodov Ekopartiyaning davlat rahbari saylovida ilk bor ishtirok etishini «tarixiy g‘alaba» deb atadi. U Shavkat Mirziyoyevni g‘alabasi bilan tabriklab, «Partiya saylangan prezidentning barcha g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini» aytdi.

Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi
6 sentabr 2021, 11:34

Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Shuningdek, davlat rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev KXSHTning Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha sammitida ishtirok etadi
23 avgust 2021, 11:47

Shavkat Mirziyoyev KXSHTning Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda” KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi.

Ertaga “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi
16 avgust 2021, 13:12

Ertaga “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan birinchi intervyusi 17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilinadi.

Yanvar-iyun oylarida har 100 ming aholiga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan
10 avgust 2021, 17:30

Yanvar-iyun oylarida har 100 ming aholiga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan

2021 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistondagi har 100 ming aholi soniga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr mobaynidan aniqlangan jinoyatlar soni 2017 yilgi ko‘rsatkichlardan ikki baravarga ko‘p. Jinoyatlarning 34,8% avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo‘yilgan.

O‘tgan 6 oy davomida Ayollar reabilitatsiya markazlariga deyarli 400 nafar erkak murojaat qilgan
30 iyul 2021, 12:26

O‘tgan 6 oy davomida Ayollar reabilitatsiya markazlariga deyarli 400 nafar erkak murojaat qilgan

2021 yilning yanvar-iyun oylarida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga jami 5 958 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, shundan 5 348 nafari ayol, 393 nafari erkak hisoblanadi. Hududlar kesmidida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri (1598), Jizzax (861) va Namangan viloyatidan (540) bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta aholining daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
19 iyul 2021, 13:09

Shavkat Mirziyoyev shu hafta aholining daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida shu hafta oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida gidrotexnik inshootlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Afg‘oniston va Pokiston yetakchilari O‘zbekistonga keladi
12 iyul 2021, 11:34

Afg‘oniston va Pokiston yetakchilari O‘zbekistonga keladi

15−16 iyul kunlari Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev bir qator mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shu hafta qator hududlarda nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.

Oxirgi 4,5 yilda korrupsiya jinoyatlari oqibatida 3,2 trln so‘mlik ziyon yetkazilgan
9 iyul 2021, 17:34

Oxirgi 4,5 yilda korrupsiya jinoyatlari oqibatida 3,2 trln so‘mlik ziyon yetkazilgan

Oxirgi to‘rt yarim yil ichida 9546 nafar shaxs turli ko‘rinishdagi korrupsion jinoyatlarni sodir etgan. Buning oqibatida davlat va fuqarolar manfaatlariga 3 trln 200 mlrd so‘mga yaqin ziyon yetkazilgan.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi bilan uchrashadi
5 iyul 2021, 11:31

Shavkat Mirziyoyev shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi bilan uchrashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashadi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining transformatsiyasi yuzasidan taqdimot va Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish rejalashtirilgan.

Prezident shu hafta poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishadi
21 iyun 2021, 11:34

Prezident shu hafta poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev ertaga mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. 23 iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu haftada tarmoq va hududlarda investitsiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor ham rejaga kiritilgan.

Shavkat Mirziyoyev hafta oxirida Andijonga boradi
14 iyun 2021, 11:24

Shavkat Mirziyoyev hafta oxirida Andijonga boradi

Prezidnet shu hafta oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Davlat rahbari 17−18 iyun kunlari Andijon viloyatiga boradi.

Emlash tadbirlarida ishlatiladigan vositalar uchun deyarli 6,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan
11 iyun 2021, 17:48

Emlash tadbirlarida ishlatiladigan vositalar uchun deyarli 6,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan

Emlash tadbirlarida foydalaniladigan vositalarni xarid qilish uchun 6 mlrd 782 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Shu kungacha, 9,5 mln O‘zbekiston aholisi (deyarli 30%) PZR testlar topshirgan. Emlash jarayonlarida 4536 nafar shifokor qatnashmoqda.

O‘zbekistonda deyarli 350 ming kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV
7 iyun 2021, 17:53

O‘zbekistonda deyarli 350 ming kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV

O‘zbekistonda 348 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘ldi. Ularning aksariyati AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi
9 iyul 2020, 13:35

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi

“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting