Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilayotgan brifingda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

5 iyul kuni qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining transformatsiyasi yuzasidan taqdimot o‘tkaziladi.

8 iyul kuni Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish, 9 iyul kuni raqamlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.