9 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Bugun farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari, “1 mln dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, davlat rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.