15−16 iyul kunlari Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladilar. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilayotgan brifingda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Pokiston yetakchisi rasmiy tashrif bilan, Afg‘oniston rahbari esa Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida amaliy tashrif bilan kelmoqda.

Ta’kidlanishicha, konferensiyada Afg‘oniston va Pokiston prezidentlari, shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik sisati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel, 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni 600 dan ortiq.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokchilarga videomurojaat yo‘llaydi.

Bundan tashqari, davlat rahbari Afg‘oniston va Pokiston Prezidentlari, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Bangladesh, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, AQSh Prezidentining Ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy idorasi rahbari Jozep Borrel bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, shu hafta qator hududlarda nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi