17−18 iyun kunlari prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga safari rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Shuningdek, bugun, 14 iyun kuni sog‘liqni saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar (birinchi navbatda onkologiya va gematologiya yo‘nalishlariga oid), hamda Toshket viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar o‘tkaziladi.

15 iyun kuni oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi belgilangan.

Shuningdek, 15 iyun kuni prezident Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Al-Gergavi va 16 iyun kuni esa Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi.