«bolalar» tegli maqolalar


Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti ochiladi
19 noyabr 2022, 15:41

Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti ochiladi

Kasaba uyushmalari federatsiyasida bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma va departament ochiladi. Uyushma a’zolarining farzandlari dam olishi uchun xarajatlarning 600 ming so‘mi shu jamg‘armadan qoplanadi. Mahalliy budjetning prognozdan ortgan qismidan 10 foizi har chorakda jamg‘armaga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston bolalar uchun odil sudlovni takomillashtirishga harakat qilmoqda
25 avgust 2022, 15:46

O‘zbekiston bolalar uchun odil sudlovni takomillashtirishga harakat qilmoqda

Deputat va senatorlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakillari bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish to‘siqlarini muhokama qildi. Huquqiy mexanizmlarni bolalar uchun moslashtirish va ularga nisbatan qamoq jazosini so‘nggi chora sifatida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi.

Namangan va Xorazmdagi bog‘chalarda ikki nafar 5 yoshli bola vafot etdi
3 avgust 2022, 17:26

Namangan va Xorazmdagi bog‘chalarda ikki nafar 5 yoshli bola vafot etdi

Namanganning Chust tumanidagi bog‘chaga kelgan 5 yoshli tarbiyalanuvchi uyqudan turayotgan vaqtida tilini chaynab yuborganligi tufayli vafot etdi. Xorazmning Xonqa tumanidagi bog‘chada esa 5 yoshli bolakay tushlikdan so‘ng, mazasi qochib, vafot etdi. Mazkur holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 19 bola O‘zbekistonga qaytarildi
26 iyul 2022, 11:16

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 19 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning turli shaharlarida ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan 19 bola O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Bolalar yozgi oromgohlarda dam olishi uchun 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi — XTV
9 iyun 2022, 14:27

Bolalar yozgi oromgohlarda dam olishi uchun 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi — XTV

Bolalarni yozgi oromgohlarda dam oldirish tadbirlariga 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, deb ma’lum qildi XTV. 1131 ta oromgoh bilan 297 mingdan ortiq bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Qolaversa, besh tashabbus doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga 1,2 mlndan ortiq o‘quvchi jalb etiladi.

Senat bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi
2 iyun 2022, 09:56

Senat bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Senat bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, iqtidorli bolalar qonunlar qabul qilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekistonda o‘smirlar salomatligi va farovonligini himoya qilish strategiyasi qachon qabul qilinadi?
14 may 2022, 23:39

O‘zbekistonda o‘smirlar salomatligi va farovonligini himoya qilish strategiyasi qachon qabul qilinadi?

O‘zbekistonda qariyb ikki yildan beri o‘smirlar salomatligi va farovonligini himoya qilish strategiyasi loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu vaqtda esa yo‘l-transport hodisalarida bolalar o‘limi hamda qiz va o‘g‘il bolalar orasida suitsid chidab bo‘lmas darajada yuqoriligicha qolmoqda, bu shoshilinch kompleks choralar ko‘rishni talab etadi, degan fikrda mutaxassislar.

Bolalarni 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilish tartibi belgilandi
4 aprel 2022, 18:38

Bolalarni 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilish tartibi belgilandi

Maktabgacha ta’lim vazirligi ma’lum qilishicha, 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilish pullik xizmat ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladi. Bog‘cha rahbari va ota-ona o‘rtasida shartnoma tuziladi, bola 3 yoshga to‘lgach shartnoma bekor qilinadi. 2 yoshli bolalar guruhi dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin ham ishlashiga ruxsat beriladi.

Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari yupun kiyimda mehmon kutishga chiqarildi
15 fevral 2022, 17:31

Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari yupun kiyimda mehmon kutishga chiqarildi

Qibray tumanidagi 29-maktabda o‘quvchi qizlar sovuq havo bo‘lishiga qaramay, yupun kiyimda mehmonlarni kutib olishga chiqarildi. Toshkent viloyat XTB tadbir maktab tomonidan emas, balki «Oltin meros» xayriya fondi va «Yangi yo‘l» mahallasi tomonidan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan maktab rahbariyatiga esa chora ko‘rilishi aytildi.

280 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV
8 fevral 2022, 11:52

280 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV

O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jami 280 140 nafari koronavirusga qarshi to‘liq vaksina kursini olgan. Bu umumiy emlanishlarning 5 foizini tashkil qiladi.

«O‘quv qurollari, ensiklopediya va planshetlar». Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi
27 dekabr 2021, 18:30

«O‘quv qurollari, ensiklopediya va planshetlar». Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va ota-ona qarovisiz qolgan 9070 nafar bolaga atalgan prezident sovg‘asi hududlarga yuborildi. Sovg‘a jamlanmasidan shirinliklar, o‘quv qurollari va bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagi sovg‘a, qolaversa, bolalar uylarining 980 nafar tarbiyalanuvchisi uchun zamonaviy planshetlar o‘rin olgan.

Urushdan keyingi hayot
6 dekabr 2021, 18:36

Urushdan keyingi hayot

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro zonalaridan 381 nafar bolani repatriatsiya qildi. YUNISEF Yevropa Ittifoqi ko‘magida bolalarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga reintegratsiya qilish loyihasini amalga oshirmoqda. Psixologlarning bolalar bilan ishlash usullaridan biri, bu — rasm chizishdir. Ba’zi bolalarning rasmlari va hikoyalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun qo‘shimcha 6 mingga yaqin joy tayyorlandi
27 noyabr 2021, 12:03

Virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun qo‘shimcha 6 mingga yaqin joy tayyorlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika bo‘yicha bolalar orasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning davriy ko‘tarilishi kuzatilayotgani sababli shifoxonalarda qo‘shimcha ravishda 5964 ta o‘rin-joy tashkil etilganini ma’lum qildi. Avvalroq, 10 kun ichida poytaxtning o‘zida «Tez yordam»ga bermor bolalar bo‘yicha 13 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushgani aytilgandi.

Bolalarda yurak nuqsonlarini davolash uchun 2021 yilda 500 ta okklyuder xarid qilinadi
5 oktabr 2021, 12:22

Bolalarda yurak nuqsonlarini davolash uchun 2021 yilda 500 ta okklyuder xarid qilinadi

Prezident qaroriga muvofiq, bolalarda yurak nuqsonlarini davolash uchun 2021 yilda 10 mlrd so‘mga 500 ta okklyuder xarid qilinadi, kelgusi yildan ularning soni 5 martagacha oshiriladi. Qolaversa, tuman va shahar darajasida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari keng joriy etiladi.

Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan
30 iyul 2021, 16:08

Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan

2021 yilning 6 oyi davomida sodir bo‘lgan 542 ta YTHlarda 458 nafar bola jarohatlangan, 104 nafari halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan bolalar soni o‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan 33,3 foizga ortgan. Yarim yilda umumiy YTHlar soni 3,5 mingdan ortiq, ularda 1000ga yaqin inson halok bo‘lgan.

YTHlarda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan
31 may 2021, 17:17

YTHlarda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan

4 oy davomida bolalar ishtirokidagi YTH soni 25,3, ularda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan.

O‘zbekistonda 3932 bolada koronavirusga aniqlangan
28 avgust 2020, 15:06

O‘zbekistonda 3932 bolada koronavirusga aniqlangan

O‘zbekistonda hozirgacha 90 mingga yaqin bola karantinga olingan bo‘lib, ularning 3932 nafarida COVID-19 aniqlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting